Bosh sahifa/INTERVYU

INTERVYU

     BOSIM VA TANQIDLARGA UC        H        RAGAN Y        O        ZUVC        H        I “ADABIY RAZVEDKA” VA BOS        H        QA HAQIQATLAR HAQIDA GAPIRDI
BOSIM VA TANQIDLARGA UCHRAGAN YOZUVCHI “ADABIY RAZVEDKA” VA BOSHQA HAQIQATLAR HAQIDA GAPIRDI
Respublikada qad rostlaydigan ulgurji kitob savdosi tizimi klassik asarlarni ham, o‘rtamiyona asarlarni ham, sayozlarini ham o‘zining o‘rgimchak to‘ri orqali mamlakatimizdagi barcha kitob do‘konlariga yetkazib berishi, buning ijobiy va salbiy tomonlari yuzaga chiqishi ham aniq edi. Qalam haqiga kelsak, ijodkor bir asar yozib nashriyotdan chiqarganidan keyin, unga albatta qalam haqi berilishi shart. Bu pul uchun yozadi, degani emas-ku! Muallim ham o‘tgan darsi uchun oylik oladi. Uni pul uchun dars o‘tadi deb haqorat qilish qanchalik bema'nilik?!
  KO‘ZDAGI YOSH, DUODAGI TOSH     yoxud imonsizga erk bersang elni talar
KO‘ZDAGI YOSH, DUODAGI TOSH
yoxud imonsizga erk bersang elni talar
– Bizda kimni maqtash va kimni maqtamaslik azaldan tepadan rejalashtirilib, plan va sotsialistik majburiyat asosida amalga oshirilgan. Dostoevskiyning “Всегда в истории России послушные собаки были в почёте” degan fikrini eslang. Sovet davrida bitta Komilov degan senzor bo‘lar edi. Mustaqillikni mustarqullikka aylantirgan marhum zehniyat va rahbariyat zamonida barcha gazeta, jurnal, nashriyot va teleradio tahririyatlarining rahbarlari senzor Komilovga aylantirildi. Bu xastalikdan hali-beri qutuladiganga o‘xshamaymiz, chamasi...
  90-YILLARDA SHAXSIY ARMIYA TUZGAN O‘ZBEK YOZUVCHISI      yoxud Nabijon Hoshimov hayotidan quvnoq intervyu
90-YILLARDA SHAXSIY ARMIYA TUZGAN O‘ZBEK YOZUVCHISI 
yoxud Nabijon Hoshimov hayotidan quvnoq intervyu
Ana shunday qizg'in bahslar davom etarkan, tasbehini bir-bir tashlab bizni kuzatib o‘tirgan cho‘qqi soqolli mulla bir u mehmonga, bir bunisiga qiziqib qarab qo‘yardi. Bir payt mulla meni ohista turtdi-da, sof o‘zbek tilida so‘radi: “O‘g‘lim, so‘raganning aybi yo'q. Biror muammolaring bormi deyman-a?” Men hayron bo‘lib: “Nima, siz o‘zbekchani tushunasizmi?” – deb so‘radim. “Ha, men asli farg‘onalikman... Bir paytlar Farg‘ona bosmaxonasida ishlaganman”. Men so‘radim: “Nima, qorovul bo‘lganmisiz?” Mulla javob berdi: “Yo‘q. Pechatnik bo‘lganman..."
 “QIL USTIDAGI TAQDIR”NING DAVOMINI SO‘RASHGANIDA VIJDONIM QIYNALARDI...”
“QIL USTIDAGI TAQDIR”NING DAVOMINI SO‘RASHGANIDA VIJDONIM QIYNALARDI...”
Ularning ikkisi ham aslida jinoyatchilardir. Jinoyatchilar esa hech qachon baxt topolmaydilar. Agar qayerdadir jinoyatchilar baxtli yashayotganini ko‘rsangiz, demak, ular mohiyatan jinoyatchi emas, ularni yetishtirib bergan jamiyat jinoyatchidir. Shunday ekan, II mavsumda Lobar va Shomil birga qolib, baxtli turmush qurishmaydi. Garchi serialimdan “kriminal romantika” janri unsurlari ufurib tursa-da, bunday bo‘lmaydi. Nima uchun? Chunki ular bir vaqtlar baxtli yashash imkoni bo‘la turib, foydalanishmagan. Endi ikkisini ham bir umr jinoyat olami ko‘lankasi ta'qib qiladi. O‘la-o‘lgunlaricha...
Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!