Bosh sahifa/MUALLIFLARIMIZ

Mualliflarimiz

Nabijon Hoshimov
Nabijon Hoshimov 1957-yil 1-may kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Povulg‘on qishlog‘ida  tug‘ilgan. 1973-yil Oltiariq tumani Alisher Navoiy nomidagi 15-o‘rta maktabni tamomlab, Farg‘ona Politexnika institutining “Poligrafiya ishlab chiqarish texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha tahsil olgan. Institutda ham o‘qib, ham “Injener” gazetasida muxbirlik qilgan...
Nabijon Hoshimov
Yozuvchi, dramaturg, senariychi
Nurali Qobul
Nurali Qobul 1950-yil 2-yanvarda Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi O‘smat qasabasida tug‘ilgan. 1968-yilda Jizzax shahridagi 8-o‘rta maktabni bitirgan. 1974-yilda Farg‘ona Davlat universiteti tarix fakultetining sirtqi bo‘limini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 22-Bobur nomli maktabda o‘qituvchi, pioner vojatiylikdan boshlagan...
Nurali Qobul
Yozuvchi, shoir, tarixchi
Azamat Qorjovov
Yozuvchi va senariychi Аzamat Qorjovov 1977-yil 13-yanvarda Samarqand shahrida tugʼilgan. 1984–1994-yillarda Samarqand viloyati Bulungʼur tumanidagi 3-o‘rta maktabda o‘qigan. 2002–2004-yillarda SamDUning O‘zbek filologiyasi fakultetining bakalavriyatida, 2004–2006-yillarda shu fakultetning magistraturasida tahsil olgan. 2006–2007-yillarda esa SamDUning aspiranturasida o‘qigan...
​​​​​​​
Azamat Qorjovov
Yozuvchi, senariychi, jurnalist
Rustam Jabborov
Yozuvchi, shoir, tarjimon, jurnalist va senariychi Rustam Jabborov 1979-yil 29- dekabrda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. 1986–1996-yillarda 86-umumta'lim maktabida o'qigan. 1997–2003-yillarda O'zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Yoshligidan badiiy kitobga va ijodga ishtiyoq sezgan ijodkorning maqola, she'r va hikoyalari tez-tez matbuotda chop etila boshladi. Ammo ko'proq “Zakovat” intellektual o'yini orqali xalqqa tanilgan...
Rustam Jabborov
Yozuvchi, shoir, tarjimon, jurnalist va senariychi
Umid Ali
Umid Ali 1978-yil Samarqand viloyati Camarqand tumani Joyisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. 1985–1995-yillarda Samarqand tumanidagi 23-o‘rta ta'lim maktabida o‘qigan. 1997–2001-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgach, 2001–2003-yillarda Samarqand tumanidagi 23-umumta'lim maktabida ona tili va adabiyot fanlaridan dars bergan. 2003-yil noyabrdan boshlab matbuotga ishga o‘tdi. “Erudit”, “A'lo kayfiyat”, “Bekajon” gazetalarida  ishladi...
Umid Ali
Shoir, pedagog, yozuvchi, jurnalist
Dilfuza Sobirova
Dilfuza Sobirova 1970-yil Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. 1977-1987-yillarda 13-o‘rta maktabda o‘qigan.
1987–1991-yilda Samarqand Davlat Pedogogika institutining (hozirgi SamDU) psixologiya-pedogogika fakultetida tahsil olgan. Institutni tamomlab, Tashxis markazida psixolog vazifasida ishlagan. Keyinchalik “Darakchi” va "Soliq plyus" gazetalarida bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritdi. Hozirda Prezident ta'lim muassasalari agentligi Axborot xizmati rahbari lavozimida ishlamoqda.
Dilfuza Sobirova 1999-yildan boshlab qalam tebratib keladi...
Dilfuza Sobirova
Jurnalist, yozuvchi, tarjimon, senariychi
Eshqobil Vali
Eshqobil Vali (Eshqobilov Abduvali Kazakovich) 1965-yil 27-fevralda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tavallud topgan. 1972–1982-yillarda tumandagi 11-o‘rta maktabni tamomlagan. So‘ngra 1986–1991-yillarda SamDUning rus filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Talabaligida davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan bo‘lajak adib o‘qishni tamomlagach, mazkur fakultet aspiranturasida ilmiy-izlanishlarini davom ettirgan. Keyinchalik butun hayoti, ilmiy va ijodiy izlanishlari shu tariqa oliy ta'lim sohasi bilan bog‘liq bo‘lib qoldi...
Eshqobil Vali
Yozuvchi, shoir, tarjimon, pedagog, publitsist, adabiyotshunos
Muhabbat Yo‘ldosheva
Muhabbat Yo‘ldosheva 1964-yil 22-martda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. O‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlagan. So‘ngra Abu Rayhon Beruniy nomli Toshkent Politexnika institutining Tog‘-metallurgiya fakultetining “Tog‘ injeneri” ixtisosligi bo‘yicha bitirgan. Ish faoliyatini “Uzkolxozstroy” ishlab-chiqarish birlashmasi tajriba-esperimental mexanika zavodi, xodimlar bo‘limi inspektori lavozimidan boshlagan. Keyinchalik matbuotga ishga o‘tgan...
Muhabbat Yo‘ldosheva
Yozuvchi, tarjimon, jurnalist, senariychi
Shoyim Bo‘tayev
Shoyim Bo‘tayev 1959-yil 20-iyunda Tojikiston Respublikasi O‘ratepa tumani Maydoncha qishlog‘ida tavallud topgan. 1976-yil 44-o‘rta maktabni tamomlab, 1978-1982-yillarda Xo‘jand Davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetida tahsil olgan. Institutni bitirgach, “Guliston” jurnalida ish boshlagan. Keyinchalik “Tong yulduzi” gazetasida bo‘lim muharriri, “Cho‘lpon” nashriyotida muharrir bo‘lib ishlagan...
Shoyim Bo‘tayev
Yozuvchi, senariychi, essenavis
Xonbibi Himmat qizi​​​​​​​
Xonbibi Himmat qizi 1968-yil Samarqand viloyati Ishtixon tumani Shayxlar qo‘rg‘onida tavallud topgan. 1975–1985-yillarda tumandagi 4-o‘rta maktabda o‘qigan. Maktabni tamomlab, 1986-yildan Shayxlar paxta tayyorlash punktida mehnat faoliyatini boshlagan. Bolaligidan kitobga mehr qo‘ygan, qalam tebratgan, jurnalist bo‘lishni orzu qilgan Xonbibi Himmat qizi 1993-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi milliy universitetning Jurnalistika fakultetiga o‘qishga kiradi...
Xonbibi Himmat qizi 
Jurnalist, yozuvchi, publitsist
Ma'mura Zohidova
Ma'mura Zohidova 1973-yil Namangan viloyati Chust tumani G‘ova qishlog‘ida tavallud topgan. 1981–1991-yillarda tumandagi 12-o‘rta maktabda o‘qigan. Maktabni oltin medal bilan tamomlagach, 1992–1997-yillarda Namangan davlat universitetining O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan.  Universitetda ta'lim olish bilan birga 1992-yilda 12-o‘rta maktabda ona tili va adabiyot o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan...
Ma'mura Zohidova
Yozuvchi, shoira, publitsist, ilmiy tadqiqotchi
Sobirjon Hakimov
Sobirjon Hakimov 1963-yil 15-fevralda Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1970–1980-yillarda tumandagi 25-o‘rta maktabda o‘qigan. O‘quvchilik davridan beri kitobga oshno bo‘lgan adib she'rlar mashq qila boshlagan. 1981–1983-yillarda “Boyqo‘ng‘ir” kosmodromidagi qurilish batalonida harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, 1983–1987-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining O‘zbek va qozoq filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Ijodga va pedagogikaga ishtiyoqmandlik natijasida 1987–1989-yillarda mazkur institutning ko‘ptirajli gazetasida ishlab, rus guruhlariga o‘zbek tili o‘qitish kafedrasida mehnat faoliyatini davom ettirgan...
Sobirjon Hakimov
Yozuvchi, pedagog, shoir
Yusuf Samado‘g‘li
Ozarbayjon xalq yozuvchisi Yusuf Samado‘g‘li (Yusuf Vakilov) 1935-yil 25-dekabrda Boku shahrida tug‘ilgan. U Ozarbayjon xalqining ulug‘ shoiri, birinchi “xalq shoiri”, madhiya muallifi Samad Vurg‘unning o‘g‘li edi. Yoshligidan adabiyot oshno bo‘lib ulg‘aydi. Otasi “xalq shoiri”, keyinchalik ukasi Voqif Samado‘g‘li ham “xalq shoiri” bo‘ldi. O‘zi esa 1998-yilda “Ozarbayjon xalq yozuvchisi” unvoniga loyiq topildi...
Yusuf Samado‘g‘li
Yozuvchi, senariychi, tarixchi, pedagog, siyosiy arbob
Usmon Qo‘chqor
Iste'dodli shoir va tarjimon Usmon Qo‘chqor 1953-yil 15-iyulda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tavallud topgan. Bolaligidan kitobga mehr qo‘ygan bo‘lajak shoir keyinchalik o‘zi ham she'rlar bita boshladi. O‘rta maktabni tamomlagach, universitetga o‘qish va yetuk shoir bo‘lish umidida Toshkentga otlandi. 1970–1975-yillarda ToshDUning O‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi...
Usmon Qo‘chqor
Shoir va tarjimon
Muhammad Salom
Muhammad Salom (Salomov) 1938-yil Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Cho‘g‘olon qishlog‘ida tavallud topgan. O‘n to‘rt yoshidan kolxozda ishlagan. 1955-yilda o‘rta maktabni tamomlab, ikki yil davomida maktabda bolalar yetakchisi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. 19581963-yillarda Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagach, avval “Buxoro haqiqati” gazetasida ishlagan...
Muhammad Salom
Yozuvchi, jurnalist, noshir
Stefani Mayer
Stefani Morgan Mayer 1973-yil 24-dekabrda AQSHning Konnektikut shtatidagi Xartford shahrida tavallud topgan. Biroq bo‘lajak yozuvchi u yerda yashamagan. Arizona shtatidagi Finiks shahriga ko‘chib ketishgan. Stefani ota-onasi, ikki opasi va uch akasidan iborat oilada ulg‘ayib, yaxshi tarbiya ko‘rdi. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Kristian Mayer bilan o‘smirlik chog‘idayoq tanish edi. Ular 1994-yilda oila qurishdi...
Stefani Mayer
Yozuvchi (romannavis-avantyurachi, novellanavis)
Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!