Bosh sahifa/YANGILIKLAR/“IJOD-PRESS” NASHRIYOTI yangi kitoblarga tayyorgarlik

“IJOD-PRESS” NASHRIYOTI yangi kitoblarga tayyorgarlik

« Назад

“IJOD-PRESS” NASHRIYOTI yangi kitoblarga tayyorgarlik 19.02.2023 22:36

“Dizayn-Print” bosmaxonasining “Ijod-Press” nashriyoti joriy yilda yana o‘nlab yangi kitoblarni nashr etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bular nafaqat sarguzasht, detektiv, mistika janrlaridan iborat, balki ertaklar, qo‘llanmalar, ilmiy-ommabop kitoblarni ham tashkil etadi. Shuningdek, xorijliklarning turfa mavzulardagi badiiy, ilmiy-ommabop va psixologik tarjima kitoblari ham nashriyot ro‘yxatidan joy olgan.

Shu o‘rinda aytish mumkinki, o‘z asarlarini yoki tarjima asarlarni nashr etishni ko‘zlab yurgan yozuvchilar va tarjimonlar ham nashriyotga murojaat etishlari mumkin. Asarlarning g‘oyasi, syujeti va o‘zbek kitobxonlarini qiziqtiradigan jihatlari hisobga olinib, chop etish-etmaslikka qaror qilinadi.

Shuningdek, kitoblar onlayn sotilishi ham yo‘lga qo‘yiladi. Shu vaqtgacha “Ijod-Press” nashriyoti an'anaviy savdo yo‘llari bilan kitobxonlarga kitob yetkazib berayotgan edi. Endi esa kitobxonlar yoki kitob do‘koni egalari nashriyotning marketing bo‘limiga kelmasdan ham buyurtma berishlari mumkin bo‘ladi. Donalab oluvchilarga pochta orqali yetkaziladi.

Mualliflarga qalam haqi to‘lash usullari ham takomillashtiriladi. Yozuvchi, tarjimon yoki mualliflik huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga har bir kitobdan ma'lum bir foiz qalam haqi ajratiladi. Masalan, muallifning kitobi ming dona sotildi. Oy oxirida hisob-kitob qilinib, shunga yarasha qalam haqi to‘lanadi. Bu tizim kitob necha yillar davomida sotuvda bo‘lishiga qarab davom etaveradi. Muallifning kitobi qancha adadda, qancha yil sotiladi, buni albatta kitobxonlar belgilaydi.

Bunday mavzularda gap ketganda, har doim bir mavzu tilga olinadi. Misol uchun, biror tarjimon jahon adabiyoti durdonasini tarjima qilib, nashriyotga olib keldi, boshqasi esa yosh yangi muallifning asarini topshirdi. Bu o‘rinda nashriyot kitobxonlarning yangi asarni kutayotganini inobatga olib, uni birinchi bo‘lib nashr etishi mumkin. XIX asr Yevropa adabiyotiga mansub va o‘sha davrni batafsil izohlagan asarning bugungi o‘zbek kitobxoniga keng miqyosda qiziq emasligi ham inobatga olinadi. Bu esa jahon adabiyotiga past nazar bilan qarashni anglatmaydi. Holat she'riy va dramaturgik asarlarga ham taalluqli. Yana bir jihatni hisobga olish kerakki, har bir nashriyot ma'lum ma'noda ixtisoslashgan bo‘ladi.

“Ijod-Press” nashriyoti shu vaqtgacha jahon adabiyoti va o‘zbek adabiyotidan ko‘plab kitoblar nashr etgan. Ko‘pchiligiga yillar o‘tib yana talab tushayotgani sababli qayta chop etilmoqda.


Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!