Bosh sahifa/KITOBLAR/“Toptalgan gulbadan”

“Toptalgan gulbadan”

“TOPTALGAN GULBADAN”

Kitob nomi: “Toptalgan gulbadan”

Janr: Qissa

Muallif: Nabijon Hoshimov

Nashriyot: “Ijod-Press”

Qosim tog‘a ko‘p yillar taksichilik qilgan keksa haydovchi edi. Vaqt-soati kelib, eski “GAZ-24”ni topshiradi va nafaqaga chiqadi. Biroq taksichilikda kun bo‘yi ko‘chada yurgan emasmi, uyda zerika boshlaydi. Shunda u o‘z “Matiz”ida kirakashlikka chiqishga qaror qiladi. Aslida pul unchalik zarur emas, ro‘zg‘ori but. Bu yog‘i esa o‘rgangan ko‘ngilning o‘rtanishi edi.

Kunlarning birida bomdodni o‘qib, metro oldida yo‘lovchi poylab turganida, yevropacha uslubda kiyingan sohibjamol ikki juvon keladi. Ular “Neksiya”li taksichilarga emas, bir chetda turgan Qosim tog‘aga iltimos qilishadi. “Boshqa odam olmaysiz, dugonamni qishloqdagi uyiga eltib qo‘ying”, deydi dugonasi. Quchoqlashib xayrlashadilar. Olis yo‘lda ketisharkan, yolg‘iz yo‘lovchining taqdiri Qosim tog‘ani qiziqtirib qo‘yadi. Nega yevropacha uslubda ochiqroq kiyingan? Yolg‘iz yurishiga sabab nima? Qayerdan kelyapti? Qachon bu ko‘yga tushdi?

Juvonning ismi Zulfizar edi. Vodiyning Sho‘rqishloq degan joyida tug‘ilib o‘sgan bu baxtiqaro Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridan kelayotgandi. O‘qish, sayohat yoki biznes sababli emas, odam savdosining kulfati tufayli arab mamlakatiga borib qolgan va nihoyat o‘z vataniga qaytib, ona qishlog‘iga yo‘l olgandi. Qanday qilib oddiy qishloq qizi bu savdolarni boshidan kechirdi?..

Nabijon Hoshimovning “Toptalgan gulbadan” qissasida yaqin o‘tmishda avj olgan odam savdosi qurbonining chekka qishloqdan olis Dubaygacha bosib o‘tgan achinarli va makrlarga to‘la kechmishi bilan tanishasiz. Kitob ko‘pchilikda yomon taassurot qoldiradigan yengil-yelpi hayot yo‘lini tanlagan ayrim xotin-qizlarning o‘ziga xos taqdiri borligini va ularning hayoti oqlikdan qoralikka yolg‘onchilar fitnasi sabab qanday o‘zgargani haqida hikoya qiladi.

Kitob qayta nashr bo‘lib, muqaddam “Zebuzar” nomi bilan ham chop etilgan. Shuningdek, mazkur asar asosida 2007-yilda “O‘zbektelefilm” tomonidan “Zebuzar” nomli teleserial suratga olingan.

O‘qing! Og‘ir kunlar ortda qolgani haqidagi qiziqarli kitob!

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!