“Dizayn-Print” O‘ICHK MCHJning Marketing bo‘limi yaqin kunlarda “Tashrif” mehmonxonasining birinchi qavatidagi yangi ofisga ko‘chib o‘tadi. Oddiy qilib aytganda, “promzona” ichkarisida joylashgan va buyurtmachilar uchun borishlari bir oz noqulaylik tug‘dirgan bo‘lim endilikda shundoqqina ko‘cha bo‘yiga, zamonaviy va shinam ofisga ko‘chib o‘tadi.
“Dizayn-Print” O‘ICHK MCHJning barcha bo‘limlari shu vaqgacha sobiq Toshkent o‘quv-ishlab chiqarish kombinatining ichkari hududida joylashgan edi. Bu degani xaridor va buyurtmachilar marketing bo‘limiga borish uchun ishlab chiqarish hududi oralab, ofisni topib borishlariga to‘g‘ri kelardi. Buning uchun ikki darvozadan, bir necha muyulishlardan o‘tish kerak edi.
2018-yil oxirida O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Markaziy boshqaruvi tasarrufidagi ta'mirtalab, eski “Marhabo” mehmonxonasi “Dizayn-Print” O‘ICHK MCHJ ixtiyoriga o‘tkazilgach, o‘tgan yillar mobaynida butunlay qayta ta'mirlanib, zamonaviy jihozlandi va “Tashrif” nomi bilan qayta ochildi. Mehmonxona Cho‘ponota ko‘chasi bo‘yida joylashgan. Xalq tilida aytganda, “Chilonzor ROVD ko‘chasida”. Endilikda Marketing bo‘limi mazkur mehmonxonaning birinchi qavatidagi yangi ofisga ko‘chib, o‘z faoliyatini samarali va qulay sharoitda davom ettiradi.
Ulgurji kitob sotib oluvchi kitob do‘konlari egalari, bosmaxona bo‘yicha buyurtma beruvchilar, kitob nashr etishni istagan mualliflar, etiketka, yorliq, flayer, buklet, qog‘oz sumka va karton quti buyurtma beruvchilar, xullas, barcha buyurtmachilar, xaridorlar, yozuvchi, shoir, kitobxonlar “Tashrif” mehmonxonasidagi yangi ofisga tashrif buyurishlari mumkin.