Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/SUKUT SUIQASDI yoxud Stalindan Saddamgacha

SUKUT SUIQASDI yoxud Stalindan Saddamgacha

347

Сукут суиқасди

Kitob nomi: “Sukut suiqasdi yoxud Stalindan Saddamgacha”, I kitob

Janr: roman-pamflet

Muallif: Nurali  Qobul

Nashriyot: “Ijod-Press”

Suiqasd deganda biz bir kishining boshqa birovning joniga qilgan jabrini tushunamiz. Biroq bir insonning insonlik sha'n-sharafi, hurmat e'tibori, haq-huquqi, qadr-qimmati va moli joniga tajovuz etilganda loqaydlarcha befarq qarab turmoq yoki ana shu tajovuzchilarni qo‘llab-quvvatlamoq, adolat toptalganda lom-mim demay turmoq ham suiqasddir. Buni sukut saqlash orqali qilingan suiqasd deb atashadi.

Siz ushbu bitikda odam atalmish yaratiqning shohu gadoy, kim bo‘lmasin, mukammallikdan yiroqligi, tug‘ilish va o‘lim orasidagi hayot, umr degan bir necha qadamdan iborat masofada nedan o‘zini bunchalik o‘tu cho‘qqa urishining mohiyatu falsafasini muallif-la barobar mushohada etasiz. “Odamlar! Siz jirkanch sukunatingiz bilan meni orangizdan haydadingiz!” degan edi Dostoyevskiy. Ha, xalq sukut saqlab, jimgina tomoshabin bo‘lsa, hukmdorlar xohlagan odamning ustidan istagancha hukm chiqarishlari,  qora ro‘yxatlarga tirkashlari, sha'nini toptab, turli ko‘ylarga solishlari, hatto o‘sha xalqning o‘ziga dushman qilib ko‘rsatishga urinishlari mumkin. O‘tmishda ham shunday bo‘lgan, yo‘l qo‘yilsa, hozir ham shunday bo‘ladi.

Nurali Qobulning “Sukut suiqasdi yoxud Stalindan Saddamgacha” roman-pamfletida tarix kitoblarida, gazeta-jurnallarda yozilgan, radio-televideniyada aytilgan ko‘plab ma'lumotlarning aslida qanday yuz bergani haqida hikoya qilinadi. Hukmdorlar o‘zlarini daho deb e'lon qilishganida, xaloyiq sukut saqlaydi. Yoki xaloyiq sukut saqlaganida, hukmdorlar o‘zlarini daho deb hisoblay boshlashadi. Buning oqibati esa hech qachon yaxshilik bilan tugamaganini tarixdan bilishimiz mumkin. Mazkur roman-pamfletda badiiy bo‘yoqlar va yangi dalillar bilan ta'sirliroq anglaysiz. Siyosat haqidagi o‘tkir syujetli, qiziqarli hikoyalarga boy, real hayot haqiqatlari haqida yangi tarixdan so‘zlovchi roman-pamfletni o‘qish barobarida sobiq Sho‘rolar davri sirlari, Yaqin Sharq voqealari, qo‘shni Afg‘onistondagi urush sabablari – hammasidan boxabar bo‘lasiz.

Boshqa kitoblar bilan tanishish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!