Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“SHOUSHENK QАMOQXONАSIDАN QOCHISH”

“SHOUSHENK QАMOQXONАSIDАN QOCHISH”

190

3. Стивен кинг

«Shoushenk qamoqxonasidan qochish» («Побег из Шоушенка») filmi Аmerika kinematogrofiyasi tarixidagi eng mashhur filmlardan biri bo‘lib, 1994-yilda rejissyor Frenk Darabont tomonidan suratga olingan. Hozirda eng yaxshi filmlar reytingida birinchi o‘rinda turadi.

O‘zining dahshatli voqealarga asoslangan asarlari bilan mashhur Stiven King kitoblari asosida shu vaqtgacha qo‘rqinchli («ujas») filmlar suratga olinar edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, «Shoushenk qamoqxonasidan qochish» filmi aynan Stiven King asari ekaniga ko‘pchilik shubha bilan qaraydi. Mashhur dahshatli kitoblar muallifi 1981-yilda «Rita Xeyuort va Shoushenkdan qochish» nomli qissa yozgan. Kitob holida 1982-yil yanvarda chop etilgan. Psixologik realizm yo‘nalishidagi bu asarda xotini va uning xushtorini o‘ldirishda ayblangan bank xodimining Shoushenk qamoqxonasidan qochish voqealari tasvirlangan. Аsar yuqorida qayd etilganidek 1994-yilda ekranlashtirildi va dunyo bo‘ylab katta shuhrat qozondi. Vatanimizda ham bu fimning muxlislari juda ko‘p.

Kunlarning birida Stiven King bir kampir bilan suhbatlashib qolganida, kampir uning asarlarini o‘qimasligini, chunki qo‘rqinchli voqealarga tob-toqati yo‘qligini aytib, «Sening kitoblaringni o‘qimayman. Menga «Shoushenk qamoqxonasidan qochish»ga o‘xshash asarlar yoqadi», deydi. Stiven King: “Shoushenk qamoqxonasidan qochish» asarini ham men yozganman”, deb javob beradi. Kampir unga ishonmaydi va: “Seni faqat qo‘rqinchli kitoblar yozadi desam, yolg‘onchi ham ekansan-ku”, deya xafa bo‘lib nari ketadi.

Barcha qiziqarli maqolalar

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!