Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“O‘G‘IRLANGAN YIGIT”

“O‘G‘IRLANGAN YIGIT”

107

Ўғирланган йигит

“O‘G‘IRLANGAN YIGIT”

Kitob nomi: “O‘g‘irlangan yigit”

Janr: Qissa

Muallif: Iroda Adizova

Nashriyot: “Ijod-Press”

Bir qishloqda Hayitali va Hadya ismli sinfdoshlar qo‘shni bo‘lib yashardilar. Ular nafaqat qo‘shni va sinfdosh, balki oshiq-ma'shuqlar ham edilar. Maktabni tamomlayotgan ikki yoshning muhabbati shunday bir ibo va hayoga burkalgan ediki, bir-biriga dil rozlarini shu vaqtgacha aytmagandilar. Biroq so‘nggi qo‘ng‘iroq onlari yaqinlashib, maktabni bitirar damlar yaqinlashgach, ishq ortiq qalb siri bo‘lib qolmaydi. Sevgi izhor etiladi. Ikkisining ham yuragi bir-biriga talpinar, yigit qizsiz, qiz yigitsiz yasholmaydigan darajadagi sevgi gulxani allaqachon gurillab yongandi.

Hadyaning otasi tuman soliq idorasida ishlardi. O‘ziga to‘q, farovon hayot kechiradigan bu odam oddiygina ro‘zg‘or tebratuvchi qo‘shnisi bilan quda bo‘lishni xayoliga ham keltirmay, ishxonasidagi Salim aka bilan qudachilik rishtalarini bog‘lashga ahdu paymon qilgandi. Nogohon qishloqda gap-so‘z tarqaladi: Rahmonbekning qizi Hadya bilan Shodmonning o‘g‘li Hayitali sevishgan emish.

Ko‘p o‘tmay ular maktabni tamomlab, mustaqil hayot qo‘yniga qadam tashlaydilar. Vaqt borida sevgilisini qo‘ldan chiqarmaslik uchun Hayitali ota-onasini qo‘yarda-qo‘ymay qo‘shnilarinikiga yuboradi. Bu sovchilik edi. Ammo Rahmonbek rad javobini beradi. Ertasiga esa Salim aka qudachilik va'dasini eslatib, o‘g‘li Diyorbekka Hadyani so‘rattiradi. Rahmonbek rozi bo‘ladi. Kutilmaganda muhabbat giloszori uzra qora bulut to‘planib, ayriliq yomg‘iri yog‘ishi tayin bo‘lib qolgach, oshiq-ma'shuqlar isyon ko‘taradilar. Nima bo‘lsa ham, bu ko‘ngilsiz to‘yni to‘xtatishlari lozim.

Shunday ham bo‘ladi. Ammo-lekin g‘azab otiga mingan Salim aka o‘g‘li Diyorbekka “senga olib bermoqchi bo‘lganim o‘sha qizning sevgani bor ekan” deydi va Hayitalini olis-olislarga, ehtimol, Rossiyaga, ehtimol, narigi dunyoga jo‘natishga qaror qiladi...

O‘qing! Iroda Adizovaning “O‘g‘irlangan yigit” qissasi! Qalbida sevgidan qo‘rg‘on yaratgan oshiq-ma'shuqlar taqdiridan hikoya qiluvchi ushbu kitobda oshiq yigitning boshiga tushgan ko‘rguliklar xuddi suvlarda oqqan Tohirning kechmishlarini, qon yig‘lagan Zuhroning faryodlarini eslatadi. Sevgi – g‘olib, ammo inson hayoti-chi? Sizningcha, qaysi biri muhim?

Boshqa kitoblar bilan tanishish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!