Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/NABIJON HOSHIMOV: yozuvchining tarjimai holi

NABIJON HOSHIMOV: yozuvchining tarjimai holi

179

Н.Ҳошимов

Nabijon Hoshimov

Yozuvchi, dramaturg, senariychi

Nabijon Hoshimov 1957-yil 1-may kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Povulg‘on qishlog‘ida  tug‘ilgan. 1973-yil Oltiariq tumani Alisher Navoiy nomidagi 15-o‘rta maktabni tamomlab, Farg‘ona Politexnika institutining “Poligrafiya ishlab chiqarish texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha tahsil olgan. Institutda ham o‘qib, ham “Injener” gazetasida muxbirlik qilgan.

 1978-yil institut yo‘llanmasi bilan o‘z mehnat faoliyatini Toshkent poligrafiya texnikumida o‘qituvchi sifatida boshladi. 1979-80-yillarda harbiy xizmatni o‘tadi. Harbiy shtabda kotiblik va rassomlik qildi. 1981-yildan Dushanbe  respublika 1-son bosmaxonasida muhandis bo‘lib ishladi. 1982-yildan janubiy Tojikistondagi Qo‘rg‘ontepa viloyat bosmaxonalar birlashmasiga Bosh muhandis etib tayinlandi.

1987-yildan Farg‘ona viloyat Matbuot boshqarmasi tasarrufidagi Rishton tuman bosmaxonasining direktori, 1990-yildan Oltiariq tuman bosmaxonasining direktori, 1993-yildan Farg‘ona viloyat nashriyotining direktori etib tayinlandi. Bu yerda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda “Adolat yo‘li” gazetasini tashkil qildi. Viloyat hokimligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

1996-yildan “Oltin vodiy” matbaa-nashriyot kichik korxonaning direktori vazifasiga tayinlandi. Mazkur korxonada Povulg‘on qishlog‘ida fermer-baliqchilik xo‘jaligini ham tashkil qildi va “Tashabbus-96” respublika ko‘rik tanlovida ishtirok etib maxsus sovringa ega bo‘ldi.

1998-yilda Toshkentga kelib, To‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi bosmaxona direktori vazifasida ishlay boshladi. 2001-yildan Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh Boshqarmasi qoshida “Ogoh” gazetasini tashkil qildi va o‘zi gazetaga muharrirlik qildi.

  2004-yildan “Dizayn-print” nomli xususiy bosmaxona tashkil qildi va o‘zi direktor lavozimida ishladi. 2005-yilda korxona O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyat tarkibiga kiritildi.

2009-yilda “Dizayn-Press” nashriyot-matbaa korxonasini tashkil qildi va to nafaqaga chiqqunga qadar shu yerda rahbarlik lavozimida ishladi.

Nabijon Hoshimovning hozirda 3 farzandi va 7 nabirasi bor. Oilada matbaachilik, noshirlik oilaviy sulola sifatida davom etib kelmoqda.

2009-yil 22-yanvardan O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasining a'zosi.

Nabijon Hoshimovning asarlari dastlab “Darakchi”, “Sug‘diyona”, “Ogoh”, “Ko‘ngil ko‘chalari”, “Markaziy Farg‘ona”, “Hayot va qonun” kabi ommaviy axborot vositalarida chop etilib, so‘ngra kitob holida nashr etib kelingan. Noshirlik va yozuvchilikdan tashqari teatr va kinoda ham ijod qildi. Farg‘ona Davlat teatrida “Chorrahadagi hangomalar” (1996),  Muqimiy musiqali drama teatrida “Dodaginam” (2004), Respublika Satira teatrida “Pul talvasasi” (2011), Farg‘ona Davlat musiqali drama teatrida “Erlibosli ayol” romani asosida “Ayol lafzi” musiqali dramasi, Samarqand Davlat teatrida “Shirin nayrang” (2012), mazkur teatrda 2016-yil “Razolat qurbonlari” dramasi sahnalashtirilgan.  2017-yilda esa Nukus Davlat teatrida “Qiyanet qurbanlari” nomli dramasi qoraqalpoq tilida sahna yuzini ko‘rdi.

2007-yil “O‘zbektelefilm” kinoijodkorlari tomonidan Nabijon Hoshimovning “Toptalgan gulbadan” asari asosida “Zebuzar” nomli milliy serial suratga olingan bo‘lsa, 2013-yilda muallifning senariysi asosida “Ota”, 2018-yili “O‘zbektelefilm” studiyasida “Shirin nayrang” nomli filmlari suratga olingan.

Nabijon Hoshimov “To‘kin yashash sirlari” rukni ostida nashr qilinayotgan tadbirkorlar uchun qo‘p qismli ommabop qo‘llanmalarni tayyorlashda bevosita g‘oyaviy mualliflik qilmoqda.

Boshqa yozuvchilarning tarjimai hollari

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!