Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/DUELGA KIM CHAQIRGAN: Pushkinning halokati haqida haqiqat

DUELGA KIM CHAQIRGAN: Pushkinning halokati haqida haqiqat

76

Пушкин

DUELGA KIM CHAQIRGAN: Pushkinning halokati haqida haqiqat

Hammaga ma'lumki, rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-1837) duelda og‘ir yaralanib, hayotdan ko‘z yumgan. Dantes degan shaxs uning xotinining sha'niga nomunosib gaplar tarqatgach, Pushkin uni duelga chaqirgan deyishadi.

Aslida voqealar sal boshqacha bo‘lgan, ya'ni o‘limga olib kelgan duelni Pushkin emas, Dantes tashkillashtirgan. 1836-yilda Dantes Pushkinning xotini haqida bo‘lmag‘ur gaplar tarqatadi va shoirni go‘sxo‘r (xotini xiyonat qilgan erkak)ga chiqarib qo‘yadi. Nafsoniyatiga qattiq tekkan Pushkin bu gap-so‘zlarni eshitgach, o‘sha yili noyabr oyida Dantesni duelga chaqiradi. Biroq Pushkinning do‘stlarining sa'y-harakatlari bilan duelning oldi olinadi.

Ammo Dantes Pushkinning xotini bilan bog‘liq mish-mishlarni gapirishda davom etadi. Uch oy o‘tib, 1837-yil 7 fevralda shoir Dantesning otasiga haqoratomuz maktub yo‘llaydi. Maktubni Dantes ham o‘qiydi va Pushkinni duelga chaqiradi. Shunday qilib, 1837-yil 8-fevral kuni 16:30 da Sankt-Peterburgdagi Qora daryo bo‘yida mash'um duel sodir bo‘ladi.

Pushkin o‘qdan og‘ir yaralanadi va ikki kun o‘tib vafot etadi. O‘sha davr shifokorlari uning qonini to‘xatishadi, lekin ichki qon ketish davom etadi. Qolaversa, ko‘p odamning e'tiborini jalb etmaslik uchun duelga vrach chaqirilmagan edi. Shu sababdan Pushkinga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagan.

Buyuk shoir 1837-yil 10-fevral, juma kuni 14:45 da hayotdan ko‘z yumgan. Tibbiyot o‘shanda hozirgi darajada bo‘lganida, Pushkin vafot etmasdi. Bunday jarohatlarni hozirgi shifokorlar jarrohlik yo‘li bilan davolay olishadi.

Pushkinning qotili baron Jorj Sharl Dantes dueldan keyin mansabidan bo‘shatilgan va Rossiyadan chiqarib yuborilgan. U siyosat bilan shug‘ullanib, Fransiyada turli yuqori lavozimlarda ishlagan. 1895-yil  2-noyabrda hozirgi Fransiyaga qarashli hududda 83 yoshida vafot etgan. U yoshlik davrida Rossiyaga tavsiya bo‘yicha xizmatga kelgan bo‘lib, Pushkinning qotiliga aylangan edi. “Agar Pushkin bir asrdan keyin yashaganida, 1937-yilda Stalin qatog‘oni davrida baribir o‘qdan o‘lardi” deyishadi ayrim “bashoratgo‘y”lar.

Barcha qiziqarli maqolalar

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!