ERNEST XEMINGUEY: u haq bo‘lib chiqqan
Bizga ma'lumki, amerikalik mashhur yozuvchi, Nobel mukofoti sovrindori, “Alvido, qurol”, “Chol va dengiz” kabi mumtoz asarlar muallifi Ernest Xeminguey 1961-yil 2-iyulda uyida o‘zini otib o‘ldirgan.
Bu fojiadan oldin Xeminguey ancha vaqt kuchli depressiya va asabiylashishdan aziyat chekkan. Sog‘ligidan tashvishga tushgan yaqinlari yozuvchini ruhiy va asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirishadi. Ko‘p o‘tmay Xeminguey kimdir uni poylayotgandek, kuzatayotgandek bo‘layotganidan battar asabiylasha boshlaydi. Yaqinlari va shifokorlar hech kim uni kuzatmayotganini aytib, tinchlantirishga urinadilar. Ammo yozuvchi yana vasvasa tushadi va xonasiga maxfiy mikrofon o‘rnatilganini, FQB (FBR) ayg‘oqchilari uning ovozini tinglayotganini tinmay takrorlaydi. Buni ham vasvasa deb tushunadilar. Chunki buyuk adibning ruhiy ahvoli o‘shanda unga ishonmaslik tuyg‘usini shakllantirgandi.
Biroq oradan qirq yil o‘tib, yozuvchining o‘z joniga qasd qilishi bo‘yicha FQB shug‘ullanib ko‘radi va o‘sha paytda Ernest Xemingueyni rostdan ham FQB ayg‘oqchisi, ya'ni o‘sha davrdagi o‘z hamkasbi kuzatgani, xonasiga mikrofon o‘rnatib, gapini tinglagani ma'lum bo‘ladi. Ulug‘ yozuvchi kommunistlar boshqaradigan Kuba davlati bilan yaqin aloqa o‘rnatishda gumon qilingan edi.
Eslatma:
Ernest Miller Xeminguey (1899-1961) – amerikalik yozuvchi, harbiy muxbir, shuningdek, Nobel mukofoti sovrindori. U XX asr adabiyotida katta shuhrat qozondi. Romanlari hamda hikoyalarining ixchamligi va boyligi yozuvchilikda muvaffaqiyat qozonishiga olib keldi. Hayoti ham ko‘plab sarguzashtlardan iborat edi. Bu esa uning asarlari hayotiy voqealarga, ishonchli dalillarga to‘laligini anglatadi.