Bosh sahifa/KITOBLAR/“Qil ustidagi taqdir”, IV kitob

“Qil ustidagi taqdir”, IV kitob

“QIL USTIDAGI TAQDIR”

(IV kitob)

Kitob nomi: “Qil ustidagi taqdir”, IV kitob

Janr: Qissa. Sarguzasht

Muallif: Azamat Qorjovov

Nashriyot: “Ijod-Press”

Kriminal dunyoda “qora qarta jodugari” nomi bilan tanilgan samarqandlik qartaboz ayol Lobarning sarguzashtlari ko‘p qismli “Qil ustidagi taqdir” qissasining IV kitobida yana davom etadi. Kitobga sarguzashtnomaning VIII, IX va X qismlari – jami uchta qism kiritilgan. VIII qism “Arvohlar bazmidagi ayol”, IX qism “Qirol Gustav va paranji yopingan qassoblar”, X qism “Arvoh yig‘lagan nikoh kechasi” deb nomlanadi. Qarta o‘yinlarini ermak sifatida o‘rganib, o‘zi bilmagan va istamagan holda dunyodagi eng kuchli qartabozga aylanib qolgan Lobar yirik jinoiy to‘dalarning millionlab dollar pullarini qimorda yutib olishga majburlanganida yagona maqsadi pul va qimor emas, yolg‘iz jigarbandi Parvizni sog‘-salomat topish edi. Yaponiyadagi to‘qnashuvlardan so‘ng otib tashlangan Lobar tirik ekanligi ma'lum bo‘ladi va kazinolar qirolichasi bo‘lmish Jodugar Ketrina ustidan g‘alaba qozongach, va nihoyat, o‘g‘lini topadi.

Biroq tinch kunlar uzoq davom etmaydi. O‘g‘li bilan Samarqandda xotirjam va baxtli yashashni boshlagan Lobarning hayotiga o‘tmishda yo‘qolgan hujjatni qidirayotgan dushmanlar raxna soladi. Lobar yangi muammolardan qutulib ketishi mumkin edi. Ammo o‘sha vaqtlarda jahon statusiga ega superprofessional chechenistonlik killer Shomil hamon tirik va dunyo bo‘ylab qidirilayotgandi. Uning izini topish lozim edi.  O‘g‘liga xatna to‘y qilgan kuni, yarim kechasi Lobarni kimdir mahallaning ovloq ko‘chasiga chaqiradi. O‘sha kecha yomg‘ir yog‘ayotgan zulmatli tun edi. Odamga emas, uzun bir ustunga o‘xshash novchadan kelgan qora sharpaga yaqinlashgan Lobar uning ayol kishi ekanini ko‘rib hayratlanadi. Ayol chekka tog‘ qishlog‘idan Lobarni axtarib kelgan bo‘lib, keyingi sarguzashtlarga zamin tayyorlovchi mudhish bir tarixni so‘zlab beradi. Bu tarix kutilmaganda Lobarni yangi girdob tubiga tortib ketadi...

O‘qing! “Qil ustidagi taqdir”ning to‘rtinchi kitobi sarguzasht, detektiv va mistika unsurlaridan foydalanilgan qiziqarli qissa! Unda siz o‘z maqsadlariga erishgan Lobarning qanday qilib yangi kechmishlarga giriftor etilganiga shohid bo‘lasiz! Arvohlar bazmini uyushtirgan jodugar qimorboz, paranji yopinib g‘oyib bo‘lgan qassob, o‘z pochchasiga turmushga chiqqan qizning boshiga tushgan ko‘rguliklar va kundoshga aylangan marhuma opasining sirli qismati!

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!