Bosh sahifa/KITOBLAR/“Dubaydagi ming bir kecha”

“Dubaydagi ming bir kecha”

"DUBAYDAGI MING BIR KECHA"  

Kitob nomi: “Dubaydagi ming bir kecha”

Janr: Qissa. Sarguzasht

Muallif: Azamat Qorjovov

Nashriyot: “Ijod-Press”

Sohibjamol qizning onasi og‘ir xastalikka uchraydi. Ko‘p o‘tmay, onasi vafot etadi. Qiz va otasi shahardagi uyda yolg‘iz qolishadi.

Taslima qachondir uyga o‘gay ona kelishini bilardi. U otasining mung‘ayib qolishini qanchalik istamagan bo‘lsa, uylanishini ham shunchalik xohlamayotgan edi. Kim ham onasining o‘rnini bosa olardi?

Qarindoshlar beva otani holi-joniga qo‘yishmaydi. “Otang uylanishi kerak, sen ko‘p ham qarshilik qilmagin”, – deyishadi qarindoshlari Taslimaga. Qiz bechora nima qilsin? U endi o‘zini ruhan ko‘niktirishga harakat qila boshlaydi. Bu uyda, bu oilada endi onasining o‘rnida boshqa ayol yashaydi.

Nihoyat, kunlarning birida qarindoshlarning qistovi bilan otasi bir ayolga uylanadi. Taslima boshidanoq sezadi: bu ayolning feʼl-atvori, dunyoqarashi, ruhiyati – hech biri onasiga zig‘ircha o‘xshamaydi. Аyolga ko‘p narsa yoqmas edi. Аyniqsa, Taslimaning otasining topish-tutishi taʼbini tirriq qila boshlaydi. Ilgari chet ellarda ishlab, jaraq-jaraq pul topgan xonim erining maoshiga qarab o‘tirarmidi?

Pulga o‘rgangan ayol chet elda oilaviy ishlab kelish haqida har kuni gapiradigan bo‘ladi. Nima qilibdi, Taslima ham boradi, chet ellarni ko‘rib keladi. Taslimaning otasi avval-boshda ko‘nmaydi, keyin esa birdan o‘zgarib qoladi: “Ketamiz!”

Oila Birlashgan Аrab Аmirliklariga jo‘nab ketadi. Taslima o‘shanda ilk bor chet elni ko‘radi. Hammasi ko‘ngildagidek ketayotgan edi. Biroq kunlarning birida otasining boshiga fojia tushib, Taslima chet elda, o‘gay ona qo‘lida yolg‘iz qolib ketadi. Yosh qiz o‘shanda mudhish odam savdosi qurboni bo‘lish arafasida ekanini bilmas edi…

Аzamat Qorjovovning “Dubaydagi ming bir kecha” qissasi qahramoni Taslimaning Dubay sarguzashtlari shu joydan boshlanadi. Kitob odam savdosi kirdikorlarini va inson irodasi toblanishlarini koʼrsatib beradi.

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!