Bosh sahifa/KITOBLAR/“Zulmat ostonasidagi muhabbat”, I kitob

“Zulmat ostonasidagi muhabbat”, I kitob

“ZULMAT OSTONASIDAGI MUHABBAT”

(I kitob)

Kitob nomi: “Zulmat ostonasidagi muhabbat”, I kitob

Janr: Roman, fentezi

Muallif: Stefani Mayer

Tarjimon: Dilfuza Sobirova

Bosmaxona: “Dizayn-Print”

Qisqa vaqt ichida butun dunyo kitobxonlari orasida mashhur bo‘lgan besh kitobdan iborat “Sumerki” roman-bestselleri “Dizayn-Print” bosmaxonasi tomonidan o‘zbek tilida chop etilib, kitobxonlar qo‘liga yetib borishda davom etmoqda. “Sumerki” nomi bilan kitoblari va filmi dong taratgan bu asarning I kitobi o‘zbek tilida “Zulmat ostonasidagi muhabbat” nomi bilan nashrdan chiqdi. Asar muallifi amerikalik yozuvchi ayol Stefani Mayer, tarjimon Dilfuza Sobirova.

Ushbu kitob Bella Svon degan qizning otasi politsiyachi bo‘lib ishlaydigan chekka shtatga ko‘chib borishi bilan boshlanadi. Atrofi o‘rmonlar bilan qoplangan AQSHning bu hududida yilning ko‘p qismida sovuq hukmronlik qilardi. Xuddi Kanada, Sibirdagidek. Onasi boshqa turmush qurgan, otasi yolg‘iz yashaydigan qiz o‘shanda maktab yoshida bo‘lib, ko‘chib kelganidan padari buzrukvori uni shaharcha maktabiga joylashtiradi. Bella maktabdagi yangi sinfdoshlari bilan tanishish asnosida bir shifokorning g‘alati farzandlarini ham uchratadi. Ranglari juda oppoqligi, sovuqligi va o‘zlarini boshqacha tutishlari bilan maktabdagi o‘quvchilardan ajralib turishardi. Oilaning Edvard ismi o‘g‘li Bella bilan sinfdosh bo‘ladi. O‘shanda Bella bu oilaning farzandlari asrandi ekanini, ular maktabda o‘qib, o‘zlarini o‘quvchidek tutadigan odamxo‘rlar, ya'ni qonso‘rar vampirlar ekanini bilmas edi. Edvard Bellani, Bella Edvardni sevib qoladi...

O‘qing! Stefani Mayerni millionerga aylantirgan va butun dunyoga tanitgan roman-fentezisi endi o‘zbek tilida! Unda siz o‘rta asrlardan keyin odam yeyishni to‘xtatib, Amerika o‘rmonlariga yashiringan va tinch hayot boshlagan vampirlarning maktabda o‘qishga qaror qilishgani va kutilmaganda oilaning vakili – Edvard odam bolasini sevib qolgani haqidagi qo‘rqinchli va hayajonli sarguzashtlardan voqif bo‘lasiz! Edvar Bellani yeyish istagida emasdi, albatta. Ammo har gal vampir yigitni odam qoni mast qiladi, ichki tug‘yonlari jo‘sh uradi. Vampirlar qonuni bo‘yicha tinch hayotga qaytgan odamxo‘rlar birorta inson bolasi bilan do‘stlashmasligi, ayniqsa, sevib qolmasligi, oila qurmasligi shart edi. Edvard bu qonunni buzadi va barcha vampirlarning g‘azabini keltiradi. Eng yomoni hali oldinda edi. Edvardlar oilasining azaliy dushmani bo‘lgan yovuz vampirlar hali-hanuz hayot edilar. Ular Bella yashaydigan shaharchaga yo‘l olishadi...

“Men chet el kitoblarini o‘qimas edim. Chunki ularda bizning hayot tasvirlanmagan. Begona ismlar, begona hayot. Ammo “Zulmat ostonasidagi muhabbat”ni o‘qib, dahshatga tushdim. Yigit qizni yeydimikan, yo‘qmi? Qiziqib ketyapman” degan edi bu kitob haqida bir oddiy o‘zbek ayoli.

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!