Kitob nomi: “Yovvoyi kelin”
Janr: Qissa. SarguzashtMuallif: Nabijon Hoshimov
Nashriyot: “Ijod-Press”
“Yovvoyi kelin” kitobi ko‘plab sarguzasht asarlar muallifi Nabijon Hoshimov qalamiga mansub bo‘lib, chekka tumanlarning birida yashovchi deputatning Sabohat ismli qizining ayanchli hamda ajabtovur qismati haqida hikoya qiladi. Аsar o‘tkir syujetli voqealar, kutilmagan hodisalar va sarguzashtlarga boyligi bilan o‘quvchini o‘ziga rom etadi.
Talabalik gashtini surib, oltin davrni Toshkentda o‘tkazish nasib etganidan xursand Sabohat o‘zini kelgusida nimalar kutib turganini bilmas edi. U yashagan ijara uy egasining giyohvand o‘g‘li bo‘lib, bangilik jazavasi tutgan kezlari otasi uni zanjirlab qo‘yardi. Xuddi shu giyohvand yigit Sabohatni sevib qoladi. Biroq Sabohatning oilasi oshiq yigit giyohvand ekanini bilgach, kuyov qilishdan bosh tortishadi. Hamma balo o‘shandan boshlanadi. Giyohvand yigit bangilik zanjirini yechib, go‘yoki ishq zanjirini taqqan edi.
Saboatning to‘yi bo‘ladi, ammo baxtli kelinchakning baxti ko‘pga cho‘zilmaydi: u chimildiqdan o‘g‘irlib ketiladi. Bu o‘sha edi: giyohvand yigit va sherigi.
O‘shanda giyohvand yigit o‘z sherigi bilan birga Sabohatni olis tog‘larga olib ketadi. U yerda kimsasiz g‘or borligini bilishar edi. Sabohatni g‘orga uzun zanjir bilan bog‘lab, uyga qaytayotayotganlarida, yo‘lda avtohalokatga uchrashadi va ikkisi ham yonib, kulga aylanadi. Mashina bardachogidan esa Sabohatning pasport qoldig‘i topiladi. Shu tariqa giyohvandning yonidagi kuygan jasadni Sabohat deb o‘ylashadi va u hamma uchun o‘lgan hisoblanadi. Sabohat g‘orda zanjirlangan holda yotardi. Tirik edi. Biroq hech kim unung tirikligini bilmasdi. Zanjir uzun edi, xuddi itning zanjiri kabi. Sabohat uzun zanjir yetgan joygacha kezib yurib, qornini to‘ydirishga harakat qilardi. Bechora kelinchak yolg‘iz o‘zi g‘orda ne-ne azob-uqubatlarni boshidan kechirmadi deysiz.
Biroq g‘or egasiz emasdi. U yerning egasi bor edi…
Barchasini Nabijon Hoshimovning “Yovvoyi kelin” kitobida batafsil o‘qib olasiz! O‘g‘irlangan kelinchakning olis tog‘lardagi odam oyog‘i yetmaydigan ovloq g‘ordagi hayoti!