Dizayn-Print” o‘quv ishlab chiqarish korxonasining Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi 28-uyda joylashgan “Tashrif” mehmonxonasida yangi ekzotik maydoncha qurilib bitkazildi. Hozirda ayrim bunyodkorlik va bezak ishlari amalga oshirilmoqda.
Endilikda “Tashrif” mehmonxonasidan joy olgan vatandoshlarimiz va xorijlik sayyohlar mehmonxona orqa hovlisidagi mo‘'jaz maydonchada hordiq chiqarishlari, sun'iy sharshara, tog‘ manzarasi va hovuzdan bahramand bo‘lib, taom tanovul qilishlari mumkin. Mehmonxonaning birinchi qavatida “Tashrif. Buxoro taomlari” oshxonasi ishlab turibdi.