Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Tashrif otel” mehmonxonasida shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston va Qozog‘iston ko‘zi ojizlar terma jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat ko‘zi ojizlar terma jamoalari musobaqalari ancha vaqtdan beri to‘xtab qolgandi. Eski an'ananing davomi sifatida o‘tkazilgan bu o‘rtoqlik uchrashuvi O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi va O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati hamkorligida tashkil etildi.
Ikki tomondan ham shaxmat bo‘yicha 1-razryadli hamda masterlikka nomzod bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etishdi. Ikki kun mobaynida qizg‘in kechgan ikki tur natijalariga ko‘ra bir oq, bir qora dona surish bo‘yicha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Umumiy natijaga ko‘ra 3,5 ga 2,5 yarim hisobida O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozondi.
Ikki mamlakatning shaxmat bo‘yicha ko‘zi ojizlar terma jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvlari yana o‘tkaziladi. Bu xususda Qozog‘iston tomoni bilan kelishib, an'anani davom ettirish yo‘lga qo‘yilаdigan bo‘ldi.