“Dizayn-Print” bosmaxonasi va uning “Ijod-Press” nashriyot boʼlimi tizimidagi shu yil foydalanishga topshirilgan “Tashrif” mehmonxonasi Toshkent shahriga mehmonga kelgan yurtdoshlarimizga, shuningdek, xorijlik sayyohlarga ham xizmat koʼrsatmoqda. Ikki qavatdan iborat mazkur mehmonxona mijozlari bugungi kunda oʼndan ortiq davlat fuqarolarini tashkil etadi. Аlbatta, koʼpchiligi yurtdoshlarimiz boʼlsa, boshqa mehmonlar guruhini qoʼshni Tojikiston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Turkmaniston fuqarolari tashkil etadi. Shuningdek, keyingi vaqtlarda rossiyalik sayyohlar oqimi ham koʼpaydi.
Yaqin xorij va olis xorij mamlakatlari fuqarolari internet (manba: https://www.booking.com/hotel/uz/tashrif-tashkent.ru.html) orqali oʼzlariga xona buyurtma berib, “Tashrif” mehmonxonasiga joylashmoqdalar. Ular orasida Vengriya, Turkiya, Xitoy, Saudiya Аrabistoni fuqarolarini koʼrish mumkin.
Mehmonxonadagi ikki kishilik xona uchun bugungi kunda bir sutkaga 250 ming soʼmdan 600 ming soʼmgacha bo‘lgan to‘lovlarni tashkil etadi. Mehmonxona Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Choʼponota koʼchasi 28-uy manzilida joylashgan boʼlib, mehmonlar uchun shaharning boshqa tomonlariga borish uchun transport qulayliklariga ham ega.