Stalkerni ayrim yoshlar chet elda yaqin yillarda ishlangan kompyuter o‘yini deb o‘ylashadi. Aslida stalker ancha yillar burun o‘ylab topilgan fantastik qahramondir.
«Stalker» degan so‘z ilk bor aka-uka Strugatskiylarning «Ovloqdagi sayr» nomli qissasida tilga olingan. Strugatskiylar bu so‘zni o‘ylab topishda Redyard Kipling romaniga asoslanishganini intervyularida aytib o‘tishgan. Stalker – boshqalar bilmaydigan yo‘llarni, yerto‘lalarni, qurol-yarog‘larni biladigan odam. U yadroviy qurol portlashi natijasida xarob bo‘lgan dunyoni kezib, maxluqlarga qarshi kurashadi.
Buyuk Britaniyaning nufuzli nashri «The Independent» Golliuvdda suratga olingan «arvoh urgan» filmlar o‘ntaligiga «Stalker» filmini ham kiritgan va bexosiyatlik bo‘yicha yettinchi o‘rinni bergan. Biroq mazkur film Gollivudniki emas. Stalker haqidagi filmni 1979-yilda rejissor Andrey Tarkovskiy «Mosfilm»da suratga olgan.«Stalker» deb atalgan kompyuter o‘yini yaratilgach, kitob o‘qiymaydiganlar ham stalkerlar haqida qaysidir ma'noda axborotga ega bo‘lishdi.