Bosh sahifa/KITOBLAR/Sho‘rodan qolgan odamlar

Sho‘rodan qolgan odamlar

“SHO‘RODAN QOLGAN ODAMLAR”

Kitob nomi: “Sho‘rodan qolgan odamlar”

Janr: Qissalar

Muallif: Shoyim Bo‘tayev

Nashriyot: “Ijod-Press”

“Sho‘rodan qolgan odamlar” kitobida o‘g‘irlikda ayblanib qamalgan yigit va uning ota-onasi haqida ta'sirli voqea hikoya qilinadi. Voqea rivojlangan sayin “Hammasiga kim aybdor? Odamlarmi, muhitmi?” degan savol yuzaga chiqadi. Odamlarning o‘zlari jamiyatni buzgan desangiz, jamiyat ularni baxtsiz qilib qo‘ymaganmikan? Yana bir qiziq jihati, asardagi halol odamlar zombimi yoki jinoyatchilar zombimi, bir qarashda bilib bo‘lmaydi. Asarni sahifama-sahifa mutolaa qilib borar ekansiz, halol-zombilarga va zombi-halollarga duch kelaverasiz.

Xullas, bir qishloqda o‘g‘irlik sodir bo‘ladi. O‘g‘ri ham, jabrlanuvchi ham, hatto qamoqxona noziri ham begona emas edi. O‘g‘ri o‘z amakisining molini o‘g‘irlagan, ya'nikim yigitni qamatgan shaxs begona emas. Undan ham g‘alatisi, o‘g‘ri hibsga olingach, uni qo‘riqlovchi shaxs ham begona emasligi, o‘g‘rining o‘z otasi ekani ma'lum bo‘ladi. O‘rtada onaizor og‘ir kasallikka chalinadi. Qamoqxona noziri o‘z ishiga, o‘z xizmatiga, o‘z e'tiqodiga shunchalik sadoqat-la, shunchalik halollik-la yondashardiki, hech qachon qonunlarni buzmas edi. O‘lim to‘shagida yotgan xotinidan xabar olishga vaqti bo‘lmaydi. Chunki u davlat ishlari bilan band edi. Ruxsatsiz bir qadam ham yurmasdi. Davlat aslida unga tuzukroq maosh ham bermasa-da, nazoratchining ongiga singib ketgandi: “Men davlat odamiman!”, “Men ishli odamman!”, “Men qamoqxona nazoratchisiman!”, “Qamoqxonadagi mahbus agar o‘z o‘g‘lim bo‘lsa ham, unga davlat odamidek muomalada bo‘lishim shart!”

Nazoratchining xotini vafot etadi. Nazoratchi mushtipar ayolini bir bor borib ko‘rmadi, endi esa janozasiga ham borishga vaqti yo‘q. Sababi, qamoqxonadagi mahbusni qo‘riqlashi kerak. Eng dahshatlisi, bu mahbus uning o‘z o‘g‘li. Bugungi janoza uning onasining janozasi...

“Sho‘rodan qolgan odamlar” kitobida barchasidan oxirigacha voqif bo‘lasiz! Mahbusni o‘z onasining janozasiga yuborishga qaror qilishadi va qochib ketmasligi uchun qurollangan qo‘riqchi berishadi. Bu qo‘riqchi uning otasi edi...

Kitobga kiritilgan “Eski arava” qissasida esa jahannamdan kelgan amaldorlarni izzat-hurmat bilan kutib olgan laganbardor yurtfurushlar fosh etiladi.

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!