YOZUVCHILARNING G‘AROYIB ODATLARI: kimda qanday edi?
*Onore de Balzak o‘z asarlarini sovuq polda o‘tirib yozgan. Yalangoyoq holda polda o‘tirish yozuvchiga o‘ziga xos ilhom bag‘ishlagan. Shiller esa oyoqlarini sovuq suv solingan tog‘oraga tiqqan holda ijod qilishni yoqtirgan.
*Aytishlaricha, Aleksandr Dyuma o‘z ijodining eng gullab-yashnagan davrida bir yilda yigirmatacha roman yozgan ekan. Buning uchun u har kuni o‘n to‘rt soatlab ijod qilgan. Qolaversa, voqea topib beradigan, tahrir qiladigan kotiblari va ayrim lavhalarni yozib beradigan yordamchi mualliflari bo‘lgan.
*Nikolay Gogol makaronlarni juda mazali pishirgan. U Rimda yashaganida oshpazlarning oldiga maxsus borib, bu hunarni o‘rgangan va uyiga kelgach, do‘stlarini mehmon qilgan.
*Onore de Balzak olti-etti chashka qahva ichmay turib ijod qilishga o‘tirmagan. Hisob-kitoblarga ko‘ra u butun umri davomida ellik ming chashka qahva ichgan. Bundan tashqari, Balzakning yana bir odati: u kimni uchratmasin, albatta, hurmat ma'nosida boshidagi shlyapani yechgan.
*Volter Balzak kabi ko‘p qahva ichmagan, lekin “Yo‘qotilgan saroblar” asarini yozish mobaynida Balzakdan o‘tib ketgan, ya'ni Volter har kuni ellik chashka qahva ichibgina asarni yozib tugata olgan.
*Pushkin hammomda o‘q otishni yaxshi ko‘rgan. Mixaylovsk qishlog‘ida Pushkinning hech qaysi buyumi saqlanib qolmagan. Qizig‘i, u to‘pponchadan o‘q otgan devorgina shu kungacha qulamay turibdi.
*Emil Zolyaning ish stolida shunday shior bo‘lgan: “Biror kunni ham bir satrsiz o‘tkazma”. Ya'ni adib vaqti yetmagan taqdirda ham oz bo‘lsa-da yozgan. Yozmasdan biror kunni o‘tkazib yubormagan.
*Gyote tutunga toqat qilolmagan. Chekayotgan kishini ko‘rganida, birdan rangi o‘zgarib, bo‘g‘ila boshlagan. U o‘z oshpazini ishdan bo‘shatganida, oshpaz ketar oldidan qasos olish uchun Gyotening xonasiga kirib, o‘tkir hidli sigaretdan chekib, tutunga to‘ldirgan.
*Buyuk ertakchi Gans Xristian Andersen maydagap odam bo‘lgan. U umr bo‘yi sog‘ligidan noligan. Ayniqsa, yozuvchini maqtamay qo‘yishganida sog‘ligi yomonlashgani kuzatilgan. Andersen “Daholigimni shubha ostiga qo‘yadigan bir og‘iz so‘z ham ruhimning tushib ketishiga sabab bo‘la oladi”, degan.
*Fransuz yozuvchisi Gi de Mopassan Eyfel minorasini ko‘rgani ko‘zi yo‘q edi, lekin har kuni shu minoradagi restoranda tushlik qilardi. Buning sababini so‘raganlarga: “Parijda faqat shu yerdangina Eyfel minorasi ko‘rinmaydi”, deb javob bergan.
*Viktor Gyugo asar yozishda o‘zida lanjlik his etib, yozishni xohlamay qolganida, xonasiga qamalib, kiyimsiz holda ijod qilgan. U hatto egnidagi liboslar ham xalaqit berishni istamagan.
*Charlz Dikkens boshini shimol tomonga burib uxlagan. U shimol tomonga qarab o‘tirgan chog‘larida esa ulug‘ asarlarini yozgan.