YANGI OFISDA ISH QIZG‘IN: jahon standartlari sari qadam tashlagan korxona
“Dizayn-Print” O‘ICHK MCHJning Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi 28-uyda, ya'ni “Tashrif otel” mehmonxonasi binosida joylashgan yangi ofisida ish qizg‘in kechmoqda. Kitob, etiketka, buklet, qog‘oz quti, flayer kabi nashriyot-matbaa mahsulotlarini buyurtma beruvchilar mazkur ofisda joylashgan marketing bo‘limi xodimlariga uchrashmoqdalar. Bosmaxona esa “Dizayn-Print” ofisining ortidagi ishlab chiqarish hududida joylashgan.
Buyurtma beruvchilar jismoniy shaxslar, turli korxonalar, tashkilotlar va mamlakatimizning vazirliklari hamda agentliklaridir. Masalan, kiyim ishlab chiqaruvchiga liboslar uchun etiketkalar kerak. U o‘zining tayyor dizayni yoki g‘oyasi bilan keladi. Mutaxassislar dizaynini tayyorlab bergach, “Dizayn-Print” bosmaxonasining etiketka uskunalari chop etishni boshlaydi. Boshqalar esa badiiy kitoblarni, darslik, qo‘llanma, kitob-albom, ko‘zi ojizlar uchun Brayl yozuvidagi kitoblar kabilarni nashr etish uchun tashrif buyurishmoqda. Bayramlarda, xususan, yaqinlashib kelayotgan Yangi yilda ko‘pchilik tijorat ahliga sovg‘alar uchun chiroyli qog‘oz qutilar kerak bo‘ladi. Qog‘oz qutilar ham katta adadlarda, turli dizaynlarda tayyorlanmoqda.
“Dizayn-Print” bilan hamkorlik qilayotgan davlat tashkilotlari haqida saytimizning “Hamkorlarimiz” bo‘limida tanishishingiz mumkin. Yangi tipdagi jahon talablari asosidagi buyurtmalarni ishlab chiqarishda Prezidentimizning bir qator qarorlariga amal qilinmoqda. Xalq ta'limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va boshqalarning davlat buyurtmalari, shuningdek, oziq-ovqat va nooziq-ovqat, farmatsevtika sanoati, trikotaj sanoatining yuqori darajadagi sifatli buyurtmalarini – darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik qo‘llanma, bolalar uchun har turdagi bosma mahsulotlar, karton qutilar, etiketkalar, blank, jurnal, buklet, bloknot, papka, Brayl yozuvidagi kitoblar va boshqa turdagi bosma mahsulotlar ishlab chiqarish bosma sanoatni rivojlantirishda mamlakatimizning tadbirkorlikka e'tibori, yangi ish o‘rinlarini yaratishdagi oqilona siyosati samarasidir.
Shuningdek, buyurtmachilar orasida xorijliklar ham bor. Qo‘shni davlatlardan ham buyurtmalar kelib turibdi. Bunga “Dizayn-Print” bosmaxonasi modernizatsiya qilingani, zamonaviy uskunalar o‘rnatilgani ham sababdir. Modernizatsiya jarayoni esa yana davom etmoqda. Yaqin oylar ichida Xitoy xalq respublikasidan va Yevropa mamlakatlaridan yangi dastgohlar keltirilishi rejalashtirilgan.