TAXALLUSLAR TARIXI: almashtirish, teskari o‘qish yoki erkakcha
*Germaniyalik yozuvchi Erix Mariya Remarkning asl familiyasi Kramer bo‘lgan. Remark esa familiyasining teskarisidir. Bunga sabab, Kramer yahudiycha familiya bo‘lib, yozuvchi yashagan davrda Germaniyada yahudiylar qatag‘on qilina boshlagan va chalg‘itish uchun shunday yo‘l tutilgan.
*Mashhur rus yozuvchisi Korney Chukovskiy o‘ziga taxallus tanlash uchun pasportdagi familiyasini ikkiga ajratgan, ya'ni uning familiyasi Korneychukov edi. To‘liq holda: Nikolay Vasilevich Korneychukov.
*Rus yozuvchisi Kir Bulichevning asl ism-familiyasi Igor Mojeyko. U Kir Bulichev bo‘lishdan avval ko‘plab taxalluslar qo‘llagan. Masalan, “Vokrug Sveta” jurnalida ishlab yurganida, “Sara Fan” deb taxallus qo‘ygan. Biroq yozuvchini antisemitizmda ayblashgan. Yahudiycha ismni yashirish uchun “Sara”ni qisqartirib, “S.Fan” degan taxallus yasagan. Ammo jamoatchilik endi uni koreyslarni kamsitishda ayblagan. Taxalluslardan “kuygan” adib shulardan so‘ng “Ivan Shlagbaum” degan g‘alati taxalluslarda maqolalar yozgan. Bundan tashqari uning Nikolay Lojkin, Maun Seyn-Ji, Lev Mins kabi taxalluslari ham bo‘lgan.
*Agata Kristi butun dunyoga mashhur. Ammo o‘z vaqtida bu nomni ko‘pchilik eshitmagandi. Detektiv ishqibozlari ayol yozuvchi yozgan kitoblarni xarid qilmasligidan cho‘chigan Agata Kristi o‘ziga erkakcha taxallus o‘ylab topgan. Bular “Mart Uest” yoki “Martin Grey” degan taxalluslar edi. Lekin yozuvchi o‘z ismi (Agata) va birinchi erining familiyasi (Kristi) bilan mashhur bo‘ldi. O‘zining asl ism-familiyasi esa Agata Meri Klarissa Miller edi.
*O‘zbek yozuvchisi Eshqobil Vali ham o‘ziga taxallus tanlashda ism-familiyasi joyini almashtirgan. Yozuvchining ism-familiyasi Abduvali Eshqobilov. Joylarini o‘zgartirish natijasida “Eshqobil Vali” degan taxallus yasalgan.
*Yana bir o‘zbek yozuvchisi Azamat Qorjovov gazetada ishlaganida, turli taxalluslar bilan maqolalar yozgan. Bular: Murod Ro‘zixon, Ahror Nabi, Jasur Jabbor, Murod Qodir, Hasan Xolboy, Abduhakim Yo‘ldosh, To‘ra Shams, Azizbek Aziziy, Zokir Muhammad, Olim Rahmat.