Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“TASHRIF OTEL” MEHMONXONASI: arzon va qulay

“TASHRIF OTEL” MEHMONXONASI: arzon va qulay

72

“TASHRIF OTEL” MEHMONXONASI: arzon va qulay

Telefon: +998 97 700-9009

Ташриф. Қабулхона

“Dizayn-Print” bosmaxonasi va uning “Ijod-Press” nashriyot bo‘limi tizimidagi shu yil foydalanishga topshirilgan “Tashrif otel” mehmonxonasi Toshkent shahriga mehmonga kelgan yurtdoshlarimizga, shuningdek, xorijlik sayyohlarga ham xizmat ko‘rsatmoqda. Ikki qavatdan iborat mazkur mehmonxona mijozlari bugungi kunda o‘ndan ortiq davlat fuqarolarini tashkil etadi. Albatta, ko‘pchiligi yurtdoshlarimiz bo‘lsa, boshqa mehmonlar guruhini qo‘shni Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston fuqarolari tashkil etadi. Shuningdek, keyingi vaqtlarda rossiyalik sayyohlar oqimi ham ko‘paygan.

Yaqin xorij va olis xorij mamlakatlari fuqarolari internet orqali, ya'ni https://www.booking.com/hotel/uz/tashrif-tashkent.ru.html havolasi orqali o‘zlariga xona buyurtma berib, “Tashrif otel” mehmonxonasiga joylashmoqdalar. Ular orasida Vengriya, Turkiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni fuqarolarini ko‘rish mumkin. Biroq endilikda siz ushbu saytimiz orqali, ya'ni www.ijodpress.uz orqali ham “Tashrif otel” mehmonxonasidan o‘zingizga xona buyurtma berishingiz mumkin. Buning uchun +998 97 700-9009 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz kifoya.

Mehmonxonadagi ikki kishilik xona shart-sharoitlariga ko‘ra bugungi kunda bir sutkaga 250 ming so‘mdan 600 ming so‘mgacha. Mehmonxona Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Cho‘ponota ko‘chasi 28-uy manzilida joylashgan. (Xalq tilida aytganda “Chilonzor ROVD ko‘chasi”.)

“Tashrif otel” joylashgan ko‘cha shaharning boshqa tomonlariga borish uchun transport qulayliklariga ham ega.

Barcha yangiliklarni o‘qish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!