Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/RUSTAM JABBOROV: yozuvchining tarjimai holi

RUSTAM JABBOROV: yozuvchining tarjimai holi

118

400_400_90_768199943

Rustam Jabborov

Yozuvchi, shoir, tarjimon, jurnalist va senariychi

Yozuvchi, shoir, tarjimon, jurnalist va senariychi Rustam Jabborov 1979-yil 29-dekabrda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. 1986–1996-yillarda 86-umumta'lim maktabida o‘qigan.

1997–2003-yillarda O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Yoshligidan badiiy kitobga va ijodga ishtiyoq sezgan ijodkorning maqola, she'r va hikoyalari tez-tez matbuotda chop etila boshladi. Ammo ko‘proq “Zakovat” intellektual o‘yini orqali xalqqa tanilgan.

Rustam Jabborov muvaffaqiyatli ijod qilmoqda. “Oyning o‘n beshi”, “Qirq birinchi tugun”, “Sirli olam sinoatlari”, “Zulmat diyorida”, “Jaholat asirasi”, “Erkak yig‘lagan kunlar”, “Xiyonat chorrahasi”,  “Vijdon” kabi kitoblari nashr etilgan.

Kino olamida ham bir qancha muvaffaqiyatlarga erishgan. Rustam Jabborov senariylari asosida "Vijdon", "Yorim beozorim", "Asragil", "Nomus kuchi", "Muqimiy" singari badiiy filmlar, "Sher va Durroj", "Qari bilganni pari bilmas", “Xasis baqqol" singari multfilmlar, o‘nlab hujjatli filmlar va teleseriallar, yuzga yaqin telenovellalar suratga olingan.

Rustam Jabborov o‘zbek adabiyoti tarixi bo‘yicha ham mutaxassis hisoblanadi. Mumtoz adabiyot mavzusidagi ko‘plab maqolalar muallifidir. Qolaversa, turk, rus, ozarbayjon tillaridan ham tarjimalar qiladi. Ozarbayjon yozuvchisi Ilg‘or Fahmiyning “Aktrisa” romanini, shuningdek, Gabriyel Garsia Markes, Edgar Po, Gi de Mopassan, Karel Chapek, Anor, Sodiq Hidoyat singari dunyoga mashhur yozuvchilarning ko‘plab hikoyalarini o‘zbek tiliga o‘girgan. Turkiya, Ozarbayjon kabi davlatlardagi tadbirlarda muntazam ishtirok etib keladi.

Mehnat faoliyatini 1998-yilda “Respublika” gazetasida boshlagan. Keyinchalik O‘zbekiston Milliy axborot agentligida bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2010-yildan “Darakchi” gazetasida ish boshladi va keyinchalik bosh muharrir bo‘ldi. Ayni paytda “Sevimli” telekanalida faoliyat yuritmoqda.

Boshqa yozuvchilarning tarjimai hollari

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!