Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“QIL USTIDAGI TAQDIR”, II kitob

“QIL USTIDAGI TAQDIR”, II kitob

466

Қил устидаги тақдир, II китоб

“QIL USTIDAGI TAQDIR”

II kitob

Kitob nomi: “Qil ustidagi taqdir”, II kitob

Janr: Qissa

Muallif: Azamat Qorjovov

Nashriyot: “Ijod-Press”

Lobar ismli samarqandlik ayol eri bilan Rossiyaga ishlashga borganida, manfur eri uni qimorga tikadi va rossiyalik qimorbozlarga yutqazib qo‘yadi. Lobarni ijara uyidan sudrab olib ketishadi va Malaver laqabli jinoyatchining uyiga eltadilar. Bu vaqtda chechenistonlik superprofessional killer – Shomil o‘z oilasiga qirg‘in keltirgan qimorbozlarga qarshi urush e'lon qilgan bo‘lib, xuddi shu killer Malaverni o‘ldirib, Lobarga duch keladi va oilasi yodiga tushib, qolaversa, musulmon farzandi ekani vajidan Lobarni asiralikdan xalos etadi. Shomilning dalahovlisida Anna Sergeyevna degan kampirga yordamchi bo‘lib ishlagan Lobar kampirdan “qora qarta raqsi”ni o‘rganib, o‘zi bilmagan holda dunyodagi eng kuchli qartabozga aylanib qoladi. Bunday kuchli qartaboz Rossiya, Turkiya va Italiya mafiya to‘dalariga kerak edi. Lobarning izidan tushishadi...

Shu kabi voqealar “Qil ustidagi taqdir”ning I kitobida hikoya qilinadi. Ushbu II kitobdan esa sarguzashtnomaning “G‘olibsiz o‘yin” va “Dunyo qimorxonasidagi tomoshalar” nomli qismlari joy olgan. Lobarni qimor o‘yinlariga majburlash uchun uning besh yoshli o‘g‘li Parvizni zaharlab o‘ldirishgan edi. Keyinchalik Lobar biladiki, o‘g‘li tirik. Uni oilasi bag‘riga tirik va sog‘-salomat qaytarish uchun Istanbulda jinoiy to‘da foydasiga qimor o‘ynab, dunyodagi eng kuchli qimorbozlarni yengishi lozim edi. Shu tariqa xalqaro qimor o‘yinlarida “qora qarta jodugari” nomi bilan ishtirok etishga majbur bo‘lgan Lobar hamon qimorga qarshi kurashayotgan jahon statusiga ega superprofessional killer – Shomil bilan to‘qnash keladi. Bir vaqtlar Rossiyada yashaganida, Shomilga turmushga chiqqan, keyinchalik Shomil izsiz yo‘qolgach, O‘zbekistonga katta pul bilan qaytgan Lobar turmush qurib, o‘g‘illi bo‘lgandi. Shomil bilan o‘rtasida o‘shanda nafaqat nikoh, balki muhabbat ham bor edi. Yillar o‘tib Lobar jinoyat olami so‘qmoqlarida yana Shomilga duch kelganida, qalbida o‘tmish iztiroblari tug‘yonga keladi. Biroq bu vaqtda Lobar Quvon ismli g‘allaorollik usta bilan do‘st tutingandi. Qolaversa, Lobarga na Quvon, na Shomil kerak edi. Uning dardi jigarbandi Parvizni tirik ko‘rish edi. Ishga Italiya mafiyasi ham aralashadi. Rossiya, Turkiya, Gretsiya, Italiya, xususan, Sitsiliyadagi sarguzashtlar, qonli voqealar, Lobarning qimorda o‘z qarta mahoratini namoyish etishga majbur bo‘lishi haqidagi II kitob ham sizni qiziqtiradi va III kitob sari yetaklaydi.

Boshqa kitoblar bilan tanishish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!