ONLAYN KITOB SAVDOSIGA TAYYORGARLIK BOSHLANMOQDA
“Dizayn-Print” MCHJ O‘ICHK bosmaxonasi va uning “Ijod-Press” nashriyot bo‘limi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad-rejalarini bosqichma-bosqich amalga oshirib bormoqda. Bugungi davr talablari barcha uskunalarni zamonaviylarga almashtirib, korxonani Yevropa standartlarida modernizatsiya qilish, chop etilgan kitoblarni xaridorlarga oson va qulay usullarda yetkazish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, shu bilan birga, avtomatlashtirish jarayonida ish o‘rinlari sonini oshirishdir. “Dizayn-Print” Respublika ko‘zi ojizlar jamiyati tizimidagi korxona bo‘lib, bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar ham ish bilan ta'minlanmoqda.
Jismoniy shaxslar, turli tashkilotlar, korxonalar va vazirliklardan tushgan buyurtmalardan tashqari bosmaxona o‘z badiiy kitoblarini, bolalar o‘quv qo‘llanmalarini, boshqa turdagi adabiyotlarni ham nashrdan chiqaradi. Bu esa o‘z-o‘zidan kitob savdosini keng miqyosda tashkillashtirib, takomillashtirishni talab etadi. Shu jarayonda “Dizayn-Print” onlayn kitob savdosini yo‘lga qo‘yish orqali yangi bosqichga chiqmoqda. Suratda ko‘rib turganingiz bu “Dizayn-Print”ning Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi “Cho‘ponota ko‘chasi 28-uyda joylashgan Marketing ofisi kirish yo‘lagidir. Bu bo‘lim tez orada korxonaning qiziqarli va zaruriy adabiyotlaridan namunalar bilan to‘ldiriladi. Ushbu sayt va “Dizayn-Print”ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali onlayn savdo yo‘lga qo‘yiladi.
www.ijodpress.uz sayti va unung ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatishda davom eting! Onlayn savdo nafaqat O‘zbekiston hududida, balki xorijiy mamlakatlar bo‘yicha ham amal qiladi. Oddiy aytganda, agar siz kitob do‘koni egasi bo‘lsangiz prays-list bilan tanishib, do‘koningiz uchun kitoblar buyurtma qilishingiz, agar kitobxon bo‘lsangizu xorijda yashayotgan bo‘lsangiz, kitoblarni pochta orqali olishingiz mumkin.