Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“MUSOFIR GO‘DAK QISMATI” (I kitob)

“MUSOFIR GO‘DAK QISMATI” (I kitob)

278

Мусофир гўдак қисмати, 1-китоб

“MUSOFIR GO‘DAK QISMATI”

(I kitob)

Kitob nomi: “Musofir go‘dak qismati”, I kitob

Janr: Qissa

Muallif: Azamat Qorjovov

Nashriyot: “Ijod-Press”

Bankda ishlaydigan ko‘hlikkina juvon – Laylo kredit masalasida jinoiy ishga qo‘l uradi: noqonuniy kredit bankdan chiqib ketishi uchun bir necha imzo kerak edi va shulardan biri Layloning imzosi bo‘ladi. Taqdir charxpalagi allaqachon boshqa tomonga aylanmoqda edi. Laylo bir xatosi yetmagandek ikkinchi xatoga ham yo‘l qo‘yadi: eri bilan ajrashib, uch yoshli o‘g‘lini yetaklaydi-da, Turkiyaga jo‘naydi. Shu yo‘l bilan xorijdan halovat, baxt, omad topmoqchi edi.

Jahongir o‘shanda onasi bilan qayoqqa ketayotganini bilmasdi, tushunmasdi. Axir, u norasida bola edi. Bechora nimani ham bilsin. Aslida onasining ham o‘shanda na yomon niyati, na qora rejasi bor edi. Bor-yo‘g‘i, ish va oila yuzasidan kelib chiqqan mojarolardan uzoqroqda yashamoqchi edi. Biroq Turkiyada ona-bolani inson zotining xayoliga kelmagan ko‘rgiliklar kutmoqda edi. Hammasi teskari bo‘lishi Layloning tushiga ham kirmagandi.

Istanbul aeroportida asli samarqandlik bo‘lgan Dildora ismli ayol Layloni kutib olishi kerak edi. Uning sharti – Laylo yolg‘iz kelishi kerak, bolakay esa hisobda yo‘q. Ammo ona-bolani begona bir xotin kutib turardi. Dildoraning ishi chiqib qolgani uchun iltimos qilganini aytadi.

Istanbulda yangi hayot boshlanadi. Laylo uy xizmatkori, Jahongir esa ijara uyda uzzukun yolg‘iz qoladi. Layloning boshiga qora bulutlar yaqinlasha boshlaydi. Aslida bu haqiqat bulutlari bo‘lib, Laylo vatanidagi ishlari uchun javob berishi, politsiya uni qo‘lga olib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilishi lozim edi. Taqdirning xuddi shu chorrahasida dahshatli xato yuz beradi. Bu xato uch yoshli bolaning boshiga insoniyat tarixida kamdan-kam uchraydigan bitmas-tuganmas sarsongarchiliklarni soladi...

Azamat Qorjovovning “Musofir go‘dak qismati” qissasida onasining xatolari tufayli boshiga misli ko‘rilmagan og‘ir sarguzashtlar tushgan uch yoshli bolakayning chet ellardagi sarson-sargardonlikda kechgan kunlari tasvirlangan. Bolakay butun dunyo radarlaridan izsiz yo‘qoladi.

Asar real voqealarga asoslangan bo‘lib, 2011-yilda Turkiyaga safar qilgan “Sug‘diyona” gazetasi bosh muharriri Amira Rashidova muallifga so‘zlab bergan. Asar ilk bor 2012-yilda matbuotda chop etilgan.

I kitobga mazkur qissaning birinchi qismi kiritilgan. “Musofir go‘dak qismati” reytingda muallifining “Qil ustidagi taqdir” kitobidan keyin eng ko‘p o‘qilgan asari hisoblanadi. Bu kitob haqida keksa bir ayol “men qirq yildan beri kitob o‘qimay qo‘ygandim, lekin “Musofir go‘dak qismati” chiqqach, yana kitobga qaytdim” degan.

Boshqa kitoblar bilan tanishish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!