Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“MAYMUNLAR MAMLAKATI yoxud yovvoyilar orasida”

“MAYMUNLAR MAMLAKATI yoxud yovvoyilar orasida”

70

Маймунлар мамлакати

“MAYMUNLAR MAMLAKATI yoxud yovvoyilar orasida”

Kitob nomi: “Maymunlar mamlakati yoxud yovvoyilar orasida”

Janr: Hikoyalar

Muallif: Nurali Qobul

Nashriyot: “Ijod-Press”

“Maymunlar mamlakati yoxud yovvoyilar orasida” asari voqealari XIV asrda real hayotda yuz bergan bo‘lib, Mirzo Ulug‘bekning yasovulboshisi, samarqandlik Rajab Turdiqora degan odamning hayotidan hikoya qilinadi. Bu odam yoshligida sohibqiron Amir Temur lashkarining valiahd Muhammad Sultonga qarashli bo‘linmasida harbiy xizmatda bo‘lgan edi. Buyuk sarkarda Amir Temur Hindistonga yurish qilganida, Rajab Turdiqora ham janglarda ishtirok etadi. Dehlini zabt etishda Muhammad Sulton hindlarning jangovar fillariga qarshi nayrang qo‘llaydi: qo‘y va echkilarning ustiga xashak bog‘lab, o‘t qo‘yib, ularni fillar to‘dasiga haydaydi. Fillar hurkib ortga qochadi va hind askarlarining o‘zlarini ezib-yanchib, qo‘shinni parokanda etadi. Bunday g‘alabadan so‘ng Muhammad Sultonni bahodir deya e'lon qilishadi. Hindiston egallanganidan keyin Muhammad Sulton atrofni o‘rgana boshlaydi. Unga Sarandib orolida (hozirgi Seylon oroli) oltin konlari va duru javohirlar bisyor ekanini aytishadi. Buyuk bobosi sulton Sohibqiron Amir Temurdan izn olgan Muhammad Sulton orolga o‘n kishilik elchi yuboradi. Bu elchilarning maqsadi oltin konlari va duru javohirlar haqida ma'lumot olib qaytish edi. Ular orasida Rajab Turdiqora ham bor edi...

Shunday qilib, Rajab Turdiqora o‘sha olis o‘tmishda, Amir Temur zamonida Hindiston sohilidan Seylon oroliga kemada ketayotganida, hamrohlari bilan Hind okeanida halokatga uchraydi. Rajab Turdiqoraning orolda boshidan kechirganlari, odamxo‘rlarga duch kelgani, umri bino bo‘lib ko‘rmagan hodisalar, ming bir mashaqqat bilan tirik qaytishi – barchasidan ushbu kitobni o‘qiganingizda voqif bo‘lasiz.

Asar muallifi Nurali Qobul sal kam yarim asrdan beri tarix bilan jiddiy shug‘ullanib, ko‘plab qissa va hikoyalar yozgan adibdir. Rajab Turdiqora hayoti ham izlanishlari samarasi. Samolyot, poyezd, telefon, internet bo‘lmagan o‘rta asrlarda Hind okeanidagi Seylon orolidan Samarqandga poyu piyoda, yillab yo‘l bosib kelishi, ha, aynan tirik qaytib kelishi o‘sha davr uchun misli ko‘rilmagan darajadagi mo‘'jiza edi.

Boshqa kitoblar bilan tanishish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!