Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“KUTKAN KUNLAR”

“KUTKAN KUNLAR”

47

Куткан кунлар

“KUTKAN KUNLAR”

Kitob nomi: “Kutkan kunlar”

Janr: Fantastika

Muallif: Nabijon Hoshimov

Nashriyot: “Ijod-Press”

Kunlarning birida Orol dengizi bo‘yidagi tumanlardan birining davlat xizmatlari ko‘rsatish idorasiga bir otaxon tashrif buyuradi. U Orol dengiz atroflarini obodonlashtiruvchi korxona ochmoqchi ekanini aytib, ariza beradi. Xodim hayron. Nahotki, olis Farg‘onadan kelgan oltmish yoshlardagi otaxon quriyotgan Orol bo‘ylarini obodonlashtirmoqchi? Qanday uddalaydi? Korxonasi uchun millionlab dollarni qayerdan oladi?

Biroq keyingi voqealar yigitning tushiga ham kirmagan edi. Otaxon oltmish yoshlarda emas, 1924-yilda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgani, 1960-yillarda Qishloq xo‘jalik institutida tahsil olgani, talabalik davrida Orol dengizi bo‘ylarida amaliyot o‘tagani ma'lum bo‘ladi. O‘sha kezlarda Orol qurimagan, mavjlanib, to‘lib-toshgan dengiz edi. Dengizdagi “Borsa kelmas” oroli ham mashhur edi. Nahotki, bu odam sal kam yuz yoshda bo‘lsa?!

Oltmish yildan so‘ng yana Orol bo‘ylariga qaytgan otaxon nafaqat Orolni obodonlashtirishga ko‘z ko‘rib-quloq eshitmagan mablag‘ sarflamoqchi, balki allaqachon xarobaga aylangan “Borsa kelmas” orolini obodonlashtirib, idorasini o‘sha yerda qurmoqchi. Davlat xizmatlari xodimi dastlab uni aqldan ozmaganmikan deb o‘ylaydi. Otaxon esa o‘zini tanishtiradi: “Men Yo‘ldoshvoy Ahmadali o‘g‘liman. Orol dengizini to‘ldirib, sohillarini obod qilmoqchiman. Bu dengiz suvi yadroviy qurollarni sinash oqibatida yer ostidan darz ketib, Kaspiy dengiziga oqib ketgan. Buni tiklash mumkin”.

Odamlar otaxonning izidan tushishadi va kimligini aniqlashga kirishadilar. Shunda hech kimning tushiga ham kirmagan dalillarga duch kela boshlashadi...

Nabijon Hoshimovning “Kutkan kunlar” fantastik romani nafaqat fantastika, balki satira, yumor, sarguzasht janrlarini o‘zida mujassam etgan asardir. Odamlar bu asarda yer bo‘ylab gorizontal emas, samoga qarab vertikal sarguzashtlarni boshidan kechirishadi. O‘qing, zerikmaysiz! Hali bunaqasi bo‘lmagan!

Boshqa kitoblar bilan tanishish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!