KONAN DOYL YOZMAGAN ASARLAR
Mashhur izquvar Sherlok Xolmsni ingliz yozuvchisi Artur Konan Doyl o‘ylab topgan. O‘z vaqtida bu adabiy qahramon shunchalik mushhur bo‘lganki, hikoyalarning birida – “Sherlok Xolmsning so‘nggi ishi”da Sherlok Xolms Moriarti bilan birga sharsharaga yiqilib halok bo‘lgach, muxlislar katta norozilik bildirishadi. Shundan so‘ng Konan Doyl keyingi hikoyasida izquvarni “tiriltirgan”.
Yana shuni ta'kidlash joizki, Sherlok Xolms haqida faqatgina Artur Konan Doyl yozmagan. Mashhur izquvarning yangi sarguzashtlari o‘z davrida va keyinchalik boshqa yozuvchilarning ham asarlarida uchray boshladi. Jumladan, Mark Tven, Moris Leblan, Rodjer Jelyazni, Ayzek Azimov, Stiven King, Boris Akunin, Genri Layon Oldi kabi yozuvchilarning Sherlok Xolms qalamga olingan asarlari mavjud.
Sherlok Xolms haqida Artur Konan Doyl yozmagan mashhur kitoblar quyidagilar:
1. Moris Leblan, fransuz yozuvchisi. “Sherlok Xolms juda kech keladi”, “Arsen Lyupen Sherlok Xolmsga qarshi”.
2. Den Simmon, amerikalik yozuvchi. “Beshinchi yurak”.
3. Genri Layon Oldi, ukrain yozuvchisi (Dmitriy Gromov va Oleg Ladijenskiylar shu taxallusda birgalikda ijod qilishadi). “Sherlok Xolms marsliklarga qarshi”.
4. Boris Akunin, rossiyalik yozuvchi (asl ism-familiyasi Grigoriy Chxartishvili). “Nefrit munchog‘i”
5. Rodjer Jelyazni, amerikalik yozuvchi. “Oktabrning yolg‘iz tuni”.