Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/KIM NIMADA YOZGAN: patqalam, qamishli qalam, avtoruchka, sharikli ruchka, mashinka, kompyuter, telefon

KIM NIMADA YOZGAN: patqalam, qamishli qalam, avtoruchka, sharikli ruchka, mashinka, kompyuter, telefon

82

КИМ НИМАДА ЁЗГАН патқалам, қамишли қалам, авторучка, шарикли ручка, машинка, компьютер, телефон

KIM NIMADA YOZGAN: patqalam, qamishli qalam, avtoruchka, sharikli ruchka, mashinka, kompyuter, telefon

Yozuvchi va shoirlarning kitoblarini o‘qirkan, kitobxon asar nimada yozilgani haqida hamisha ham o‘ylab ko‘rmaydi. Aslida o‘ylab ko‘rishga hojat yo‘q. Badiiy asar libos, yegulik, qurilish materiali emas-ku, uning qanday materialdan “yasalgani” muhim bo‘lsa. Biroq ba'zi muxlislarga qiziq jihatlari ham yo‘q emas. Mualliflar asarlarni nimada yozgan? G‘oz patidami, qalamdami, ruchkadami, mashinkadami, kompyuterdami? Hatto bugungi kunda telefonda ham yozishmoqda.

Ma'lumki, qadimgi ijodkorlar g‘oz, o‘rdak kabilarning patlaridan, shuningdek, qamishli qalamda ijod qilishgan. Bunday qalamlarni siyohga botirib, asar yozishgan. Shu bilan birga metall perolar ham paydo bo‘lgan. Uni ham xuddi patdek siyohga botirib, bir necha so‘z yozish mumkin edi. Alisher Navoiy qamishli qalamda ijod qilgan bo‘lsa, Pushkin, Gogol kabilar patqalamda yozishgan.

Taraqqiyot esa davom etgan. Ko‘proq so‘z yozadigan yozuv quroli haqida bosh qotirganlar hozirgi ko‘rinishdagi qalamni ixtiro qilishdi. O‘rtasiga qoramtir tosh o‘rnatilgan qalamda ancha so‘zni to‘xtovsiz yozish mumkin edi. Ernest Xeminguey asosan qalamda ijod qilgan.

Keyinchalik siyoh bakiga ega avtoruchkalar o‘ylab topildi. Endi peroni har gal sihyodonga botirib olishga hojat qolmagan. Avtoruchka baki siyohga to‘ldiriladi va siyoh tugaguncha yozishadi. Stiven King kabilar avtoruchkada yozgan.

Ammo bu ham samarali emasdi. Sharikli ruchka 1970-yillarga kelib, butun dunyoda, shuningdek, O‘zbekistonda ham ommalashib, avtoruchkalarni siqib chiqara boshladi. Hatto, bugungi kunda ham ayrim yozuvchi va shoirlarimiz sharikli ruchkada ijod qilishadi. Masalan, Nurali Qobul, Nabijon Hoshimov.

Shu bilan birga perolar davridayoq yozuv qurolining yangi texnik turi ixtiro qilinib, yozuvchi va shoirlar foydalana boshlagan edilar. Bu yozuv mashinkasi edi. XX asrda yozilgan ko‘plab asarlar aynan yozuv mashinkasida bitilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad singari adiblarni misol keltirish mumkin.

Yillar o‘tib, yozuv mashinkasi ham urfdan qola boshladi. Hayotga kompyuter kirib keldi. Kompyuterdan yozuv quroli sifatida foydalanish ulkan imkoniyatlar degani edi. Qayta-qayta o‘chirish, o‘zgartirish, so‘zlarni yoki kerakli bobni axtarish, abzaslarni almashtirish, ko‘chirish, maxsus belgilar qo‘yish va hokazo – hammasi osonlashdi. Amerikalik yozuvchi Ayzek Azimovning qanday qilib ruchkadan voz kechib, kompyuterga o‘tgani haqidagi qiziqarli esdaliklari bor.

Bu ham yozuv qurollarining oxiri bo‘lolmadi. Mobil telefonlarning imkoniyatlari oshgach, ayrim ijodkorlar yo‘lda, ishda, sayohatda matnlarni, g‘oyalarni, hatto she'rlarni telefonga yozib qo‘ya boshladi. Misol uchun, shoir Ahad Qayum she'rlarini telefonda yozishini aytgan.

Keyingi yozuv quroli nima bo‘ladi? Bu ixtirochilarga havola. Muhimi, yozuvchiyu shoirlar asarga jon va qalb bera olishida.

Azamat Qorjovov

Barcha qiziqarli maqolalar

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!