Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“INGLIZCHA-O‘ZBEKCHA-RUSCHA LUG‘AT”

“INGLIZCHA-O‘ZBEKCHA-RUSCHA LUG‘AT”

92

Инглизча-ўзбекча-русча луғат

“INGLIZCHA-O‘ZBEKCHA-RUSCHA LUG‘AT”

Kitob nomi: “Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha lug‘at”

Janr: Uch tilli lug‘at

Muallif: Lutfullo Jo‘rayev

Nashriyot: “Ijod-Press”

Ushbu inglizcha-o‘zbekcha-ruscha o‘quv lug‘ati umumiy o‘rta ta'lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar, shuningdek, ingliz tilini o‘rganishni boshlagan oliy o‘quv yurti talabalari hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. Lug‘at 10 000 ga yaqin so‘z va 3500 dan ziyod illyustrativ materiallarni o‘z ichiga olgan. Lug‘at oxiridan geografik nomlar va noto‘g‘ri fe'llar ro‘yxati hamda uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklarining ingliz, o‘zbek hamda rus tillaridagi asosiy jadvallari joy olgan. So‘zlar alifbo tartibida, to‘q qora rangda ajratib berilgan. Omonimlar rim raqamlari bilan ajratib ko‘rsatilgan. Transkripsiyasi to‘rt burchak qavsda berilgan. Transkripsiyadan keyin so‘zning qaysi so‘z turkumiga mansubligi qiya harfda ko‘rsatilgan. Unli va undosh tovushlar misollar bilan keltirilishi lozim bo‘lgan joylarda misollar keltirilgan.

Shuningdek, lug‘at eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlarni va ayni paytda amalda foydalanilayotgan ingliz tili darsliklarida uchraydigan so‘zlarni ham imkon qadar qamrab olgani bilan muhimdir. Mazkur uch tilli lug‘atning boshqa lug‘atlardan farqli tomoni shundaki, bu lug‘atdan ona tilisi o‘zbek tili bo‘lgan o‘quvchi inglizcha so‘z va uning ona tilidagi ma'nosining ruscha qanday bo‘lishini ham o‘rganishi mumkin. Shu bilan birga ona tilisi rus tili bo‘lgan o‘quvchi ham shu tarzda foydalanish imkoniyatiga ega, ya'ni inglizcha so‘zlarning ruschasini o‘rganish jarayonida o‘zbekcha ma'nolarini ham bilib oladi. Ham o‘zbek, ham rus tilini yaxshi biladiganlar esa inglizcha so‘zning o‘zbekcha va ruscha nomlarini taqqoslab, ma'nolarini yanada chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada o‘quvchida uch til bo‘yicha so‘z boyliklari oshadi. Bu keyinchalik biror kompaniyaga, davlat tashkilotiga yoki o‘quv yurtlariga ishga o‘tganida, ish yuritishda, so‘zlashishda, hujjatlarda, tarjimalarda asqotishi mumkin.

Kitob 560 sahifa bo‘lib, siz uchun qulay narxda! “Ijod-Press”da nashr etilgan ushbu “Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha lug‘at”ni do‘konlardan so‘rang! Yoki “Dizayn-Print” marketing bo‘limiga murojaat qiling! Sizga donalab yoki ko‘p nusxalarda yetkazib beriladi!

Boshqa kitoblar bilan tanishish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!