Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“HECH QACHON YIG‘LAMA”

“HECH QACHON YIG‘LAMA”

119

Ҳеч қачон йиғлама

“HECH QACHON YIG‘LAMA”

Kitob nomi: “Hech qachon yig‘lama”

Janr: Qissa

Muallif: Azamat Qorjovov

Nashriyot: “Ijod-Press”

“Hech qachon yig‘lama” asari bir taksichi yigitning hayotidagi kutilmagan voqealardan va muhabbat mojarosidan hikoya qiladi. Navqiron yoshdagi taksichi uylanganidan so‘ng xotiniga ko‘ngli yo‘qligidan qiynala boshlaydi. Shunday kunlarning birida u boshqa bir kelinchakni uchratib qoladi. Bu kelinchak to‘yining ertasiga beva qolgan bo‘lib, yosh kuyov vafot etgan edi. Taksichi xuddi o‘sha beva kelinchakki nisbatan yengib bo‘lmas ishqiy to‘fonni his eta boshlaydi. Biroq o‘zining xotini bor, hali “asal oyi” tugaman palla edi. Turmush ham osongina buzilib ketaveradigan, istagan erkak istagan vaqtda boshqa bittasiga uylanib olaveradigan zamon emas. Nima qilmoq kerak? Taksichi yigit ikki o‘t orasida qoladi. Uning yurak to‘fonlari o‘smirlar muhabbatidek sof bo‘lish bilan birga, kattalar muhabbatidek ishqiy visol bilan ham chambarchas bog‘liq edi. Bularning bari bir fojia bilan ham bog‘lanib ketadi. Taksichi yigit bir mijozni ovloq makondagi fermaga olib borganida, qotillik yuz beradi. Bu qotillik va muhabbat mojarosi yigitning hayot yo‘llarida kesishadi...

30 va 40 yosh oralig‘idagi muhabbat visoli azoblari avval ham, bugun ham ko‘plarni qiynagan. Ayrimlar xuddi shu yosh oralig‘ida oilasiga xiyonat qiladi yoki ikkinchi xotin tashvishiga tushib qoladi...

Azamat Qorjovovning ushbu qissasida sarguzasht, detektiv va ishqiy janrlarga xos xususiyatlar o‘z aksini topgan bo‘lib, baxtga erishish oson emasligi qiziqarli voqealar, murakkab, ziddiyatli kechmishlar zamirida ifoda etib berilgan. Yurak amriga binoan emas, birovning tavsiyasiga ko‘ra o‘ziga rafiqa tanlagan taksichi yigitning hayoti “asal oyi” nihoyasiga yetmasdanoq alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketadi.

Qabristonda boshlangan muhabbat qayerda tugaydi? Oilaning buzilishi osonmi, muhabbatning tugashimi? Kitobni o‘qing va mushohada qilib ko‘ring! Hayotiy voqea!

Boshqa kitoblar bilan tanishish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!