Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“GUNOH KALITI”

“GUNOH KALITI”

73

Гуноҳ калити

“GUNOH KALITI”

Kitob nomi: “Gunoh kaliti”

Janr: Qissa, she'rlar, ertaklar

Muallif: Azamat Qorjovov

Nashriyot: “Ijod-Press”

Tug‘ilganidanoq baxtsizlik soya solgan Dilovar ismli qiz bolaligidan og‘ir hayot kechiradi: qashshoq hayot, aroqxo‘r ota, pulsizlik, buning ustiga ukasi ham kasallik bilan dunyoga keladi. Onasi g‘am-tashvishlardan ado bo‘lgan bechora ayol edi. Shunday kunlarning birida otasi Dilovarni do‘konga aroqqa yuboradi. Onasi va ukasi shifoxonada edi. Do‘kondan qaytishda uylari tomondan tutun ko‘tarilganini ko‘rgan Dilovar uyi sari chopadi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, uylari yonmoqda edi. Qo‘ni-qo‘shnilar o‘t o‘chiruvchilarni chaqirib, tom bo‘yi avjlangan olovni o‘chirishga bekorga urinishmoqda edi. Olov uyni shunchalik tez qoplab olgan ediki, otasi qochib chiqishga ulgurmay, orqa derazaning panjarasiga qadalib qolgandi. Panjaradan tashqariga qo‘lini chiqarib, dodlagancha odamlardan najot so‘raydi. Biroq oddiy chelaklarda suv tashib, tandirdek o‘t purkayotgan xonadon olovini o‘chirish imkonsiz edi. Qo‘shnilar tutib qolishgan bo‘lsa-da, Dilovar ularning qo‘lidan chiqib, tiriklay yonayotgan otasiga talpinadi. Otasi barcha yomon odatlarini tashlash uchun “agar aldasam, o‘tda ko‘yib o‘lay” deb qasam ichgandi. Uni qasam uradi: tiriklay kuyib o‘ladi...

Dilovarning hayotida ikkinchi davr boshlanadi. Xarobaga aylangan uyning bitta xonasini nari-beri ta'mirlab, derazaga klyonka qoplab, onasi, o‘zi va nogiron ukasi avvalgidan-da nochor kun kechiradilar. Bo‘yi yetgan qiz mardikorlikka chiqadi. Mardikor ayollar bozoriga o‘sha kuni bir rus kampir keladi. U xotin-qizlar orasidan sir saqlovchi, ma'suma va ishonchli odam axtaradi va Dilovarga ko‘zi tushadi. Dilovarga xonalarni supurib-sidirib, obdon tozalashni buyurgan kampirning bir siri bor edi. Bu sir ikkinchi qavatdagi doim qulflanib turadigan xona bilan bog‘liq edi. Keyingi kun kampir sirli xonani ochishini, ammo u yerda ko‘rganlarini hech kimga aytmaslikni so‘rab, Dilovarga qasam ichtiradi. Qiz so‘z bergach,  eshikni ochadi. Dilovar umri bino bo‘lib bunday g‘aroyib manzarani ko‘rmagan edi...

Azamat Qorjovovning “Gunoh kaliti” qissasi dastlab “Qulfsiz kalitlar tilsimi” nomi bilan kitob holida nashr etilgan. Keyinchalik “Alvido, baxtsizlik” nomi bilan matbuotda qayta chop etilgan. “Ijod-Press” nashriyotidagi navbatdagi qayta nashrda esa kitob nomi “Gunoh kaliti” deb o‘zgartirildi.

O‘qing! Dilovar ismli mardikor qizning qanday qilib sirli kampirning sirli hunarini o‘rganib, hayoti butunlay o‘zgarib, mashhur qizga aylangani haqidagi mungli va qiziqarli qissa! Shuningdek, kitobdan muallifning bir qancha she'rlari va ertaklari ham joy olgan.

Boshqa kitoblar bilan tanishish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!