Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/Buyuk faylasuflar nimalar degan?

Buyuk faylasuflar nimalar degan?

82

Буюк файласуфлар нималар деган

Buyuk faylasuflar nimalar degan?

♦  ♦  ♦

Lao Szi o‘z kitobida hukmdorlar haqida shunday deydi: “Buyuk donishmandlar hukmronlik qilgan yurtda fuqarolar ularning borligini sezishmaydi. Qayerdaki buyuk bo‘lmagan donishmandlar hokim bo‘lsa, omma ularga qattiq bog‘langan bo‘ladi va ularni sharaflaydi. Qayerdaki pastroq donishmandlar hukmronlik qilishsa, xalq ulardan qo‘rqadi. Yanada zaifroq donishlar hokim bo‘lgan joyda esa xalq ulardan hazar qiladi”.

♦  ♦  ♦

Kunlardan bir kun Konfutsiyning sevimli shogirdi Szi-Gunga bir tanishi: “Sen Konfutsiydan ko‘ra bilimliroq va aqlliroqsan” deganda, Szi-Gun unga shunday javob berdi: “Donolik misli bir devor bo‘lsa, mening devorim odam bo‘yidan oshmaydi. Shuning uchun har bir odam osongina bu devor ortiga mo‘ralab, nimalar borligini bilib olishi mumkin. Ustoz esa misli bir necha sarjin balandlikdagi devordir. Bu devorning darvozasini topolmagan kishi uning ortidagi go‘zal ehrom va muhtasham qasrlarni hech qachon ko‘rolmaydi”.

♦  ♦  ♦

Arastuga bir odam uning orqasidan g‘iybat qilganini aytishganda, u: “Hechqisi yo‘q, ortimdan kaltaklashsa ham mayli”, – deb javob bergan.

♦  ♦  ♦

Aristipp Suqrotning shogirdlari orasida birinchilardan bo‘lib, tinglovchilardan pul olib ustoziga jo‘natib turgan. Hashamdorlik va bashang kiyinishni xush ko‘rgan nozikta'b Aristipp olam kezib, kiborlarcha hayot kechirgan. Afsuski, uning birorta ham asari bizgacha yetib kelmagan.

♦  ♦  ♦

Biantning ona shahri Priyena fors shohi Kir lashkari tomonidan zabt etilayotganda, shahar aholisi o‘zlari uchun qimmatbaho buyumlarni olib qocha boshlaydi. Biant esa hech narsa olmay, quruq qo‘l bilan shahardan chiqadi. Odamlar undan: “Nega hech narsa olmading?” – deb so‘raganlarida, Biant: “Hamma narsani o‘zim bilan olib yuraman”, – deb javob bergan.

♦  ♦  ♦

Yunon faylasufi Meliss borliqni mangu deb uqtiradi. Ya'ni borliq qachonlardir paydo bo‘lmagan, u azaldan bor bo‘lgan va abadiydir. “Agar borliqni paydo bo‘lgan deb hisoblasak, u holda borliq paydo bo‘lguncha umuman mavjud bo‘lmagan. Mavjud bo‘lmagan ekan, demak, hech narsa bo‘lmagan. Hech narsadan esa borliqning paydo bo‘lishi mumkin emas”, deydi faylasuf. Borliqning chegarasi yo‘qligini ham aytgan. Agar chegarasi bo‘lganida edi, borliq tugagan joyda yana nimadir boshlanishi kerak-ku. O‘sha “nimadir” nima? Bo‘shliqmi? Bo‘shliq aslida yo‘qlik degani-ku. Yo‘qlik esa o‘z nomi bilan yo‘qdir.

♦  ♦  ♦

Diogen bir haykalning oldiga kelib tilana boshlagan. Undan nega bunday qilayotganini so‘rashganida, faylasuf: “O‘zimni rad javobiga ko‘niktirmoqchiman”, – deb javob bergan.

♦  ♦  ♦

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Lev Davidovich Lan Dau har doim she'riy tarzda gaplashgan. Fizikning sevimli mashg‘ulotlaridan biri pasyans o‘ynash bo‘lgan. Qartalarni taxlab turib, Lan Dau shunday degan: “Bu sizga fizika bilan shug‘ullanish emas. Bu yerda o‘ylash kerak”.

Barcha qiziqarli maqolalar

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!