Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“BIZNING ERA”

“BIZNING ERA”

86

Бизнинг эра

“BIZNING ERA”

Kitob nomi: “Bizning era”

Janr: She'rlar

Muallif: Nodira Afoqova

Nashriyot: “Ijod-Press”

Iste'dodli shoira Nodira Afoqovaning “Bizning era” nomli kitobi she'riy to‘plam bo‘lsa-da, nasriy munojot bilan boshlanadi. “Men sening tajalliyingman. Sening zoting namoyoniman, ey butun moddiy va nomoddiy borliqlarning Sohibi!” deb munojot etiladi. “Meni qanday yaratding, Allohim – Sendan boshlangan jilg‘aday nega Sendan uzoqlab ketaveraman?” deydi shoira.

She'rlari ham rangin va zangin:

Ey, omon chiqqanim Nuh to‘fonidan,

Tanimasa bizni, tanimas dunyo.

Bizga nima berar ul foniy iqror?

Tangrim tanigaydir, tonuqday go‘yo.

Qabargan manglayda Yerning izi bor.

Shoiraning bitiklari insonni tabiat bilan uyg‘unlikda his etishdan, odam qalbining his-kechinmalarini so‘zda qamrab olishga urinishdan tug‘ilgan:

Shovqinlari tindi dunyoning,

Chiqayotgan Oy yutdi uni.

Men bilaman, Sening osmoning

Hali ushlab turibdi Kunni.

Boshqa she'rlari ham insoniy tuyg‘ularning zaboni bo‘lsa-da, aslida tuyg‘ularni so‘zga ko‘chirish – hech qachon to‘la erishib bo‘lmaydigan urinishdek. Shoira yozadi:

Seni sog‘inganim, ehtimol, yolg‘on –

Sevgilim, aslida ozor-ku bu hol;

Seni o‘ylamoqqa bermaydi imkon

Nimadir...

Muhim u Sendan, ehtimol.

Muallif ko‘plab she'rlarida odamzod hayotining yangi davri boshlanishiga ishora qilayotgandek bo‘ladi:

Dunyoning erlari!

Oh! Uydan qachon

Otni egarlamoq

Qasdida emas,

Chiqarsiz ayolga

Oq yo naparmon

Chechaklar tergali

Entikib besas?

“Ijod-Press” nashriyotining kitob shaklidagi ushbu she'riyat kemasi sizning qalb sohillaringizga yetib borsa, dunyoda yana bir she'rga oshufta odam mangu tirik ekanidan bizga mujda yetgay, azizim!

Boshqa kitoblar bilan tanishish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!