Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“AYOLLAR QAMOQXONASIDAN MAKTUBLAR”

“AYOLLAR QAMOQXONASIDAN MAKTUBLAR”

66

Аёллар қамоқхонасидан мактублар

“AYOLLAR QAMOQXONASIDAN MAKTUBLAR”

Kitob nomi: “Ayollar qamoqxonasidan maktublar”

Janr: Hikoyalar

Muallif: Xonbibi Himmat qizi

Nashriyot: “Ijod-Press”

Toshkentda yashovchi jurnalist ayol kunlarning birida Samarqanddagi opasinikiga bormoqchi bo‘ladi. U o‘tirgan taksi Zangiotadagi ayollar koloniyasi joylashgan mahallaga “pochta” olish uchun kiradi. Bu paytda qamoqdagi ayollarni yo‘l chetida ishlatayotgan edilar. Jurnalist ayol ozodlikdan mahrum etilgan yosh-yosh juvonlarni-yu keksa ayollarni ko‘rib achinadi.

Biroq bu hali boshlanishi edi. O‘sha kuni jurnalist Samarqanddagi opasinikiga borgach, unga qo‘shni qiz Adolat haqida gapirib berishadi. Adolat xolasi bilan janjallashib, jahl ustida oyna sinig‘i bilan jarohat yetkazgan, qarindosh-urug‘ o‘rtaga tushishiga qaramasdan xola o‘z jiyanini qamatib yuborgan edi. “Ayollar qamoqxonasidan maktublar” kitobidagi barcha hikoyalar o‘sha Adolat degan qizning qamoqxonadan yuborgan maktublaridan iborat. Har bir xat – bitta bob. Yosh qizlaru keksa ayollar, ashaddiy jinoyatchilaru vaziyat qurbonlari – har xil xotin-qizlarning achchiq hayoti ko‘z o‘ngingizda bir-bir namoyon bo‘ladi. Dadasini himoya qilish uchun amakisini pichoqlagan qiz, tutzorda norasida qizalog‘ini zo‘rlagan mast qorovulni o‘roq bilan urib o‘ldirgan alamzada ona, og‘ufurush qizning qismati-yu odamfurushning firibgarliklari... Yana qancha-qancha qotilliklaru o‘g‘riliklar, tovlamachiligu qo‘shmachiliklar... Hammasini xotin-qizlar amalga oshirgan. Chunki barcha xatlar ayollar qamoqxonasidan yuborilgan va o‘sha yerda jazo muddatini o‘tayotganlarning o‘tmishnomasi…

Kitobni mutolaa qilar ekansiz, yosh qizning panjara ortida ko‘rgan-kechirganlari to‘qima kechinmalar emas, real voqealar ekanini anglab, dahshatga tushasiz. Nozik xilqat deyilmish ayol zoti qachon bunday xatolarga yo‘l qo‘yishga ulgurdi? Panjara ortida emas, oilasi bag‘rida bolalariga onalik qilib o‘tirish o‘rniga nega taqdirning qaltis yo‘llarini tanladilar?..

Muallif o‘z jurnalistlik faoliyatida davomida ayollar qamoqxonasini, sud hujjatlarini, turli sobiq mahkumalar hayotini o‘rganib, 2010-2011 yillarda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni bitta kitobga jamlagan. O‘qing! Bo‘lgan voqealar!

Boshqa kitoblar bilan tanishish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!