Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“AFG‘ON FIG‘ONLARI”

“AFG‘ON FIG‘ONLARI”

159

Афғон фиғонлари

“AFG‘ON FIG‘ONLARI”

Kitob nomi: “Afg‘on fig‘onlari”

Janr: Sarguzasht

Muallif: Nabijon Hoshimov

Bosmaxona: “Dizayn-Print” MCHJ O‘ICHK

Nabijon Hoshimovning “Afg‘on fig‘onlari” asari real voqealarga asoslangan bo‘lib, 1979–1989-yillarda Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan sovet-afg‘on urushini ta'sirli sarguzashtlar orqali yoritib beradi. Samarqandda yashab, umrining yigirma besh yilini Afg‘oniston, Eron, Iroq, Suriya, Misr, Saudiya Arabistoni, Yaman va Liviyada tarjimon, tilmochlik bilan o‘tkazgan harbiy ayg‘oqchi To‘rabek Samarqandiyning boshidan kechirgan voqealarini muallif o‘z ko‘zi bilan ko‘rgandek tasvirlaydi. Chunki Nabijon Hoshimovning askarlik davri ham o‘sha kezlarga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, Chirchiqdan Afg‘onistonga jo‘nab ketayotan “Musulmon bataloni” safidan tasodif tufayli chiqariladi va armiya shtabida qoldiriladi. Yozuvchi o‘ttiz yillar o‘tgach, bir tadbirda To‘rabek Samarqandiy bilan uchrashib qoladi va olis yigitlik davridagi safdoshlarining qismati nima kechganini eshitib, qalbi larzaga keladi. O‘sha kezlarda Nabijon Hoshimov armiyaga chaqirilib, yigitlik burchini o‘tayotganida, To‘rabek Samarqandiy Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi prezident saroyida Hoji Muhammad Samarqandiy nomi bilan tilmochlik qilib yurgandi.

Kitob urush dahshatlari, o‘lim tahlikasi, halok bo‘lgan minglab begunoh insonlar taqdiridan so‘zlovchi urushga qarshi bitik bo‘lib, hozirgacha kitobxonlarda katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda.

Boshqa kitoblar bilan tanishish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!