Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/“ADASHGAN QIZ QASOSI”

“ADASHGAN QIZ QASOSI”

78

Адашган қиз қасоси.

“ADASHGAN QIZ QASOSI”

Kitob nomi: “Adashgan qiz qasosi”

Janr: Qissa

Muallif: Azamat Qorjovov

Nashriyot: “Ijod-Press”

Sho‘rolar davrining so‘nggi yillarida bir badavlat yog‘och ombori mudiri bor edi. Kunlarning birida qo‘shni tumandagi o‘ziga o‘xshash yog‘och ombori mudiri, ya'ni hamkasbi oilaviy ziyofatga chaqiradi. Yog‘och ombori mudiri o‘zining “Volga” mashinasida xotini va besh yoshli o‘g‘lini olib, hamkasbinikiga jo‘naydi. Qaytishda dahshatli fojia yuz beradi: yog‘och ombori mudir yarim yo‘lda xotini bilan birga o‘ldiriladi. Besh yoshli o‘g‘li esa izsiz g‘oyib bo‘ladi. Militsiya qancha qidirmasin, qotillar topilmaydi. G‘alati jihati, yog‘och ombori mudiri noma'lum sabablarga ko‘ra mashinani katta yo‘ldan Moxovli qishlog‘i tomonga burgan va ovloq joyda qotillik sodir etilgan edi. Yo‘lni yaqin qilish uchun kechasi ovloq yo‘ldan yurganmi, benzinni tejash uchunmi, sirligicha qoladi.

 Butun boshli oiladan birgina qiz – o‘sha kecha ziyofatga bormagan maktab o‘quvchisi Xumora tirik qoladi. Hayhotdek hovlida yashayotgan voyaga yetmagan qizga kimdir vasiylik qilmog‘i darkor edi. Eri piyonista, o‘g‘li betayin bo‘lgan, kambag‘al va yulg‘ich ammasi ko‘chib keladi-yu Xumoraning hayotida ikkinchi qora fasl boshlanadi. Biroq qiz ham anoyi emasdi. U ammasining fitnalariga qarshi kurash bilan birga dadasi va oyisining qotilini topishga, dom-daraksiz yo‘qolgan ukasining izidan tushishga, norasida ukasini o‘z oilasiga sog‘-salomat qaytarishga ahd qiladi. Tajribali izquvarlar topolmagan qotillarni va bolani maktabni endigina tamomlayotgan yosh qiz qanday ham topardi deysiz. Ammo bir voqea sodir bo‘ladi-yu, Xumora qotillarning izidan tushishni uddalaydi...

Azamat Qorjovovning “Adashgan qiz qasosi” qissasining bosh qahramoni Xumora shu tariqa bir kechada barcha yaqinlaridan judo bo‘lib, kutilmaganda faqat o‘zi uchun daragi chiqqan qotillarni topib, oilasi uchun shaxsan o‘zi qasos olishga qaror qiladi. Nafaqat qotillar topilishi, balki besh yoshli ukasi Dilbek tirik bo‘lib chiqishi ham mumkin edi. Bir qarashda qizning atrofida hayotdan adashgan, razil kimsalar to‘planganga o‘xshaydi, aslida esa hammasi boshqacha bo‘lib chiqadi...

Kitobni o‘qiganingizda barchasidan voqif bo‘lasiz!

Boshqa kitoblar bilan tanishish

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!