Bosh sahifa/RANG-BARANG DUNYO/ADABIYOT: pora taklif etgan yozuvchi, ovqatni sevuvchi adib, patak masalnavis, bevafo yor

ADABIYOT: pora taklif etgan yozuvchi, ovqatni sevuvchi adib, patak masalnavis, bevafo yor

64

АДАБИЁТ пора таклиф этган ёзувчи, овқатни севувчи адиб, патак масалнавис, бевафо ёр

ADABIYOT: pora taklif etgan yozuvchi, ovqatni sevuvchi adib, patak masalnavis, bevafo yor

*Rus yozuvchisi Ivan Sergeyevich Turgenev bir safar dengizda kemada ketayotganida, nima bo‘ladi-yu, o‘t chiqadi. Yo‘lovchilar o‘z jonlarini qutqarish payida vahimaga tushib, tartibsizlik vujudga keladi. Turgenev ayollar va bolalarni chetga surib, qutqaruv qayig‘iga chiqib olmoqchi bo‘ladi. Dengizchi avval ayollar va bolalarni qutqarish kerakligini aytganida, yozuvchi unga pora taklif etadi. Keyinchalik Turgenev o‘zining bu ishlaridan xijolat bo‘lib, o‘z qilmishga tavba qilgani sifatida “Dengizda olov” ocherkini yozgan.

*Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo mazali taomlarni yeyishni juda yaxshi ko‘rgan. Qaysi ovqat qanday mazaga ega, qayerda nima yeyish mumkin – bu masalalarda ijodkorlar orasida unga teng keladigani yo‘q edi. Do‘stlari hazillashib shunday deyishardi: “Ilf-fanga uch xil oshqozon ma'lum: o‘rdak oshqozoni, akula oshqozoni va Gyugo oshqozoni”... Darvoqe, keyinchalik yozuvchining nevarasi Florian Gyugo taniqli oshpaz bo‘lib yetishgan.

*Mashhur masalnavis Ivan Adreyevich Krilov o‘ziga qaramaydigan va bu borada ancha dangasa odam edi. Doim sochlari o‘sib, taralmagan holda yurardi. Bir kuni qaysidir bayram sababli katta maskarad uyushtiriladigan bo‘ladi. Maskarad mehmonlari turli niqoblarda yoki boshqalar tanimaydigan yangicha qiyofada kelishlari kerak edi. Masalnavis “Qanday qiyofada borsam ekan?” deb tanishlaridan maslahat so‘raydi. Shunda do‘stlari “Siz, Ivan Adreyevich, yaxshilab yuvinib, sochingizni tekis qilib tarang, hech kim tanimaydi”, deb javob berishadi hazillashib.

*Ingliz yozuvchisi Lyuis Kerrollning “Alisa mo‘'jizalar mamlakatida” kitobi ilk bor 1865-yilda Angliyada nashr etilgan. Lyuis Kerroll matematik edi. Asli ism-familiyasi Charlz Lyutvij Dojson bo‘lgan. U yozuvchilik va matematiklikdan tashqari falsafa, mantiq kabilar bilan ham shug‘ullangan. Ba'zi mantiqiy jumboqlari haligacha mashhur. Qizig‘i, uning “Alisa mo‘'jizalar mamlakatida” asari Xitoyda va ayrim boshqa mamlakatlarda nashr etilishi oson bo‘lmagan. Asarning taqiqlanishiga sabab, unda hayvonlar odamdek gapirishi va odam bilan teng hisoblanishi edi.

*Aleksandr Sergeyevich Pushkinning bo‘yi go‘zal xotini Natalyadan bir oz past edi. To‘ylarga borganlarida, gohida Pushkin xotinidan bir oz nari turishga harakat qilardi. Biroq bo‘ylaridagi 10 santimetrlik farq buyuk shoirning uni sevishga va birga baxtli yashashga to‘sqinlik qilolmaydi. Keyinchalik xotini sababli duel sodir bo‘lib, Pushkin halok bo‘ladi. Sohibjamol Natalya esa oradan yetti yil o‘tib, kavaleriya generali Pyotr Lanskoy bilan tanishib qoladi va unga turmushga chiqadi.

Barcha qiziqarli maqolalar

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!