YOZUVCHILAR HAYOTIDAN: qiziqarli dalillar
*Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo umrining oxirgi yillari Parijdagi uyida yashardi va uning manzilini deyarli hamma bilardi. Hayotlik chog‘idayoq odamlar adibning ko‘chasini “Viktor Gyugo ko‘chasi” deb atashgan. Agar kimdir Viktor Gyugoga xat yozsa, manzilni aniq bitishi shart emasdi. “Parij shahri, Viktor Gyugo janoblariga” deb yozsa yetib kelardi.
*Gans Xristian Andersenning “Dyuymovochka” asari qahramoni hayotda yashagan. U admiral Piter Vulfning qizchasi edi. Andersen qizaloq bilan do‘stlashgan. Qizaloq nihoyatda oqko‘ngil, nozikqalb bo‘lib, bo‘yi haddan tashqari past edi.
*Lev Tolstoy asarlaridan bir nusxadan to‘plansa, yozuvchining bo‘yiga teng minora paydo bo‘ladi. Shuning uchun Tolstoyni “bo‘yi baravar kitob yozgan” deb ta'riflashadi.
*Uilyam Shekspir 1564-yil 23-aprel kuni tug‘ilib, oradan 52 yil o‘tgach, aynan tavallud kunida, ya'ni 23-aprelda vafot etgan. Shekspir vafot etgan xuddi o‘sha kunda “Don Kixot” muallifi Migel de Servantes Saavedra ham bandalikni bajo keltirgan. Ba'zi manbalarda sanalar bir oz farqli berilsa-da, ko‘plab mutaxassislar ko‘hna manbalarni o‘rganib, bu to‘g‘ri ekanini tasdiqlashgan.
*Amerikalik yozuvchi Mark Tvenning asl ism-familiyasi Semyuel Lengxorn Klemens. U yoshligida Missisipi daryosida kema tumshug‘ida o‘tirib, daryoning chuqurligini o‘lchovchi bo‘lib ishlagan. Kemalar sayozlikka o‘tirib qolmasligi uchun daryo chuqurligi ikki sajen (3,7 metr) bo‘lishi kerak edi. Bo‘lajak yozuvchi daryoning chuqurligini kema boshqaruvchisiga inglizchasiga “by the mark twain” deb qichqirib ma'lum qilgan. “Mark twain” keyinchalik uning taxallusiga aylandi.
*Mashhur detektiv yozuvchi Artur Konan Doyl haqiqiy hayotda ham gohida izquvarlik qilgani ko‘pchilikka ma'lum. Biroq hamisha ham u o‘z qahramoni Sherlok Xolms kabi muvaffaqiyat qozonolmagan. Masalan, bir gal u “Edalji ishi” deb nomlangan sud ishiga aralashib, ayblanuvchi Oskar Slayterning aybsizligini isbotlamoqchi bo‘lgan. Ammo oradan o‘n sakkiz o‘tibgina Slayter oqlangan.
*Richard Baxman degan yozuvchi tarixda mavjud bo‘lmagan. Uni amerikalik yozuvchi Stiven King o‘ylab topgan. O‘tgan asrning 70-yillarida Amerika nashriyotlarida asarlari yoqimsiz bo‘lgan yozuvchilarga bir yilda bitta kitob chiqarishga ruxsat berishardi. Stiven King ko‘p yozardi. U Richard Baxman degan nom bilan ham kitob chiqara boshlagandi. Mummmo paydo bo‘lgach, Baxmanni o‘ldiga chiqargan.
*Garri Poter haqidagi asarlar muallifi Joan Rouling, ammo kitob muqovalarida “J.K.Rouling” deb yoziladi. Bu Joan Ketling Rouling deganidir. Ketling degan ism o‘rtada qanday paydo bo‘lib qolgan? Joan Rouling Garri Poter haqidagi birinchi asarini nashriyotga olib borganida, noshir muqovaga ismlarning bosh harflarini qo‘yishga majbur ekanini aytadi. Chunki bunday sarguzasht kitoblarni o‘g‘il bolalar sotib olishi kutilayotgandi. Ularning ko‘pchiligi esa ayol yozuvchilar qiziqarli asar yozishiga ishonishmaydi. Shunda xuddi erkak yozuvchidek taassurot qoldirish uchun yana bir ismni, ya'ni buvisi Ketlinning ismini qo‘ydirgan.