YOZUVCHI VA SHOIRLARNING KECHMISHLARI: ijod, asarlar va qismat
*Onore de Balzak biror yangi asarni yozish uchun xonasiga bir-ikki oyga qamalib olib, eshik-derazalarga qalin qora parda tutib qo‘ygan. Hatto biror tirqishdan ham yorug‘lik tushmagan. Sham yoqib, xalat kiyib, sutkasiga 16-18 soatlab asar yozgan.
*Volter gersog Roganning takabburligi ustidan kulganida, gersog xizmatkoriga uni do‘pposlashni buyurgan. Shundan so‘ng Volter gersogni duelga chaqirgan, ammo Rogan adibni past tabaqa hisoblab duelga chiqmagan.
*Mark Tven 1835-yilda Yer shariga Galleya kometasi yaqinlashganida tavallud topgan. Keyinchalik Mark Tven o‘sha kometa yana Yerga yaqinlashganida o‘lishini aytgan. Rostdan ham Galleya kometasi Yerga yaqin kelganida, 1910-yilda Mark Tven vafot etgan.
*Aql bovar qilmaydigan darajada sermahsul ijodkorlar bor. Biri ikki mingta pyesa yozgan bo‘lsa, boshqasi yuzga yaqin romanning muallifi. Jahon sermahsul ijodkorlari safiga Jyul Vern, Valter Skott, Aleksandr Dyuma, Onore de Balzak, Jorj Simenon, Agata Kristi kabilar ham kiradi.
*“Dekameron” romani italyan yozuvchisi Jovanni Bokkachcho qalamiga mansub bo‘lib, 1350–1353-yillarda yozilgan. Qisqacha mazmuni: shaharda o‘lat tarqalgach, yettita ayol va uch yosh yigit – jami o‘n kishi shahar tashqarisidagi villaga borib, yashay boshlashadi. Har kuni bittadan hikoya aytiladi. Bu hikoyalar buzuqchilik va qalloblik kabi mavzularda bo‘lib, voqealar birmuncha ochiq tavirlangan. “Dekameron” so‘zi grek tilidan olingan. U “o‘n kunlik” degan ma'noni anglatadi.
*Jyul Vern ko‘p vaqtini ilmiy adabiyotlarni o‘rganishga sarflagan, chunki unga sarguzasht va fantastik asarlar uchun ko‘plab dalillar kerak edi. Yozuvchi faktlarni kartochkalarga yozib qo‘ygan. Keyinchalik Jyul Vernning xonasidan yigirma mingta kartochka topilgan.
*Gans Xristian Andersen o‘zini daho yozuvchi deb hisoblagan va kimdir uni “bolalarga ertak yozadigan yozuvchi” desa g‘azablangan. Aytishlaricha, u vafotidan so‘ng yodgorligiga bolalarni yaqinlashtirmaslikni buyurgan.
*Avstriyalik mashhur shoir Rayner Mariya Rilke besh yoshigacha qizlardek tarbiyalangan, ularning kiyimlarini kiygan, qo‘g‘irchoq o‘ynagan. Bunga sabab, oilasida tug‘ilgan qizaloq bir haftaligida vafot etgan edi. Rilkening olti ismidan ikkitasi, ya'ni Rene va Mariya qizlarning ismidir.
*Ikkinchi jahon urushidan keyin Marina Svetevani Tataristonga jo‘natishgan. Boris Pasternak uning jomadonini arqon bilan bog‘lab ko‘tarishgan va hazillashib: “Voy-bo‘, arqon ancha mustaham ekan, o‘zingni ossang ham bo‘ladi”, degan. Keyinroq Marina Sveteva o‘z joniga qasd qilgach, Pasternakka u xuddi o‘sha arqon bilan o‘zini osganini aytishgan.
*Yangi yilda aytiladigan “В лесу родилась ёлочка” deb boshlanadigan qo‘shiqning she'rini 1903-yilda shoira Raisa Kudashyova yozgan. She'r o‘sha yili “Malyutka” jurnalining Rojedstvo sonida chop etilib, mashhur bo‘lib ketgan.