“SHOUSHENK QАMOQXONАSIDАN QOCHISH”
«Shoushenk qamoqxonasidan qochish» («Побег из Шоушенка») filmi Аmerika kinematogrofiyasi tarixidagi eng mashhur filmlardan biri boʼlib, 1994-yilda rejissyor Frenk Darabont tomonidan suratga olingan. Hozirda eng yaxshi filmlar reytingida birinchi oʼrinda turadi.
Oʼzining dahshatli voqealarga asoslangan asarlari bilan mashhur Stiven King kitoblari asosida shu vaqtgacha qoʼrqinchli («ujas») filmlar suratga olinar edi. Shuning uchun boʼlsa kerak, «Shoushenk qamoqxonasidan qochish» filmi aynan Stiven King asari ekaniga koʼpchilik shubha bilan qaraydi. Mashhur dahshatli kitoblar muallifi 1981-yilda «Rita Xeyuort va Shoushenkdan qochish» nomli qissa yozgan. Kitob holida 1982-yil yanvarda chop etilgan. Psixologik realizm yoʼnalishidagi bu asarda xotini va uning xushtorini oʼldirishda ayblangan bank xodimining Shoushenk qamoqxonasidan qochish voqealari tasvirlangan. Аsar yuqorida qayd etilganidek 1994-yilda ekranlashtirildi va dunyo boʼylab katta shuhrat qozondi. Vatanimizda ham bu fimning muxlislari juda koʼp.
Kunlarning birida Stiven King bir kampir bilan suhbatlashib qolganida, kampir uning asarlarini oʼqimasligini, chunki qoʼrqinchli voqealarga tob-toqati yoʼqligini aytib, «Sening kitoblaringni oʼqimayman. Menga «Shoushenk qamoqxonasidan qochish»ga oʼxshash asarlar yoqadi», deydi. Stiven King: “Shoushenk qamoqxonasidan qochish» asarini ham men yozganman”, deb javob beradi. Kampir unga ishonmaydi va: “Seni faqat qoʼrqinchli kitoblar yozadi desam, yolgʼonchi ham ekansan-ku”, deya xafa boʼlib nari ketadi.