QABRDAN QAZIB OLINGAN SHE’RLAR
O‘z asarini go‘rdan kavlab olib, nashr ettirgan shoir haqida eshitganmisiz? Bu qandaydir mistik voqea emas, Angliyada ro‘y bergan hayotiy hodisadir. Ingliz rassomi va shoiri Dante Gabriel Rosseti xotinini juda sevardi. Elizabet Siddal uning nafaqat suyumli raqifasi, balki ijodidagi ilhomchi edi. Biroq Elizabet 32 yoshida vafot etadi. Qayg‘uga tushgan Rossetti endi she'r yozmaslikka qaror qilib, she'rlar to‘plamini tobutga soladi va rafiqasi bilan birga dafn ettiradi.
Ammo bu qarori umrbod kuchda qolmaydi. Dante Gabriel Rosseti oradan sakkiz yil o‘tib mashhurlik cho‘qqisiga erishadi. Nashriyot unga o‘sha she'rlar to‘plamini nashr etish bo‘yicha taklif bilan chiqadi. She'rlar qo‘lyozmasidan nusxa qolmagandi. Yagona qo‘lyozma qabrda, suyukli rafiqaning tobutida. Nima qilish kerak? Shunda shoirning do‘stlari qabrni ochishni maslahat berishadi. Shu tariqa Dante Rosseti qo‘lyozmani qabrdan qazib oldirib, kitob holida nashr ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, Dante Gabriel Rosseti (1828-1882) ingliz shoiri, tarjimoni, illyustrator va rassomi. U Angliyaning mashhur shoirasi Kristina Rossetining akasidir