Bosh sahifa/KITOBLAR/“Qil ustidagi taqdir”, III kitob

“Qil ustidagi taqdir”, III kitob

“QIL USTIDAGI TAQDIR”

(III kitob)

Kitob nomi: “Qil ustidagi taqdir”, III kitob

Janr: Qissa. Sarguzasht

Muallif: Azamat Qorjovov

Nashriyot: “Ijod-Press”

“Qil ustidagi taqdir” sarguzashtnomasining ushbu III kitobiga qimor tufayli hayoti ostin-ustun bo‘lib, yirik jinoiy to‘dalar domiga tushib qolgan Lobar ismli samarqandlik ayolning xorijda boshidan kechirganlari haqida hikoya qiluvchi VI va VII qismlar kiritilgan.

VI qism “Ko‘p kelinli oiladagi mojaro” deb ataladi. Unda siz arab mamlakatlaridan yurtiga omon qaytib, Samarqanddagi uyida tinch hayot kechirayotgan Lobarning huzuriga Farog‘at ismli kelin kelib, qaynotasining xonadonidagi ko‘z ko‘rib-quloq eshitmagan g‘alati sirlarni so‘zlab berishi haqida o‘qiysiz. Qaynotasi allaqachon uylangan o‘zining besh o‘g‘lining hech qayoqqa ko‘chirib yubormas, bir hovlida besh ovsin yashardi. Farog‘at bu oilaning kenja kelini edi. Oilaning g‘alati odati kalava kabi chuvalashib, oqibati yapon jinoyatchilariga borib taqaladi. Mojaroga professional qartaboz Lobar aralashsagina yechim topiladiganga o‘xshaydi. Shu bois Farog‘at Lobarni axtarib kelgan edi.

Voqealar rivoji “Lobar Jodugar Ketrinaga qarshi” deb nomlangan VII qismga yetaklaydi. O‘g‘lini topish umidida Quvon bilan ixtiyorsiz birga harakatlanayotgan Lobarning qarshisida eski rus qimorbozlari asosiy to‘siq emas, balki qimor dunyosini larzaga solayotgan amerikalik Jodugar Ketrina eng katta dushman ekani oydinlashadi. Bu janglarda Jodugar Ketrina g‘olib chiqayotgandek ko‘rinadi va Lobar Yaponiya sohillarida otib tashlanadi...

O‘qing! “Qil ustidagi taqdir”ning III kitobi! Lobarning O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni va Yaponiyadagi sarguzashtlari! O‘ta kuchli qartabozga aylanib qolib, “qora xonim” laqabi bilan xalqaro qimor tarmog‘ida dovruq qozongan, ammo o‘zi qimorboz bo‘lishni istamagan Lobarning tengsiz janglarda ustasi farang dushmanlarga qarshi olib borgan tahlikali kurashlari! Lobar yo‘qolgan o‘g‘lining izidan tushishni qanday uddalaydi, yovuz to‘dalarga qarshi yuzma-yuz kelgan ayolning kuchi nimada edi, chechen killeri – Shomilning yordami unga nima beradi, yengilmas deb hisoblangan dunyoning birinchi raqamli qartabozi Jodugar Ketrinaning maqsadi nima bo‘lib chiqadi – barchasi ushbu kitobda!

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!