Bosh sahifa/KITOBLAR/“Qatl kuni”

“Qatl kuni”

“QATL KUNI”

Kitob nomi: “Qatl kuni”

Janr: Roman

Muallif: Yusuf Samado‘g‘li

Tarjimon: Usmon Qo‘chqor

Nashriyot: “Ijod-Press”

Ozarbayjon yozuvchisi Yusuf Samado‘g‘li (1935-1998) ning “Qatl kuni” romani har bir kitobxon o‘qishi kerak bo‘lgan “XX asrning 111 eng yaxshi asari” ro‘yxatiga kiritilgan. Bu ro‘yxat boshida Gabriel Garsia Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” romani tursa, Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani ikkinchi o‘rin, Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” romani esa uchinchi o‘rin. Shu taxlit eng kuchli asarlar reytingi davom etadi: Jeyms Joysning “Uliss”i, Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz”i, Aziz Nesin hikoyalari, Alber Kamyuning “Vabo”si, Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” qissasi, Jek Londonning “Martin Iden”i, Jorj Oruelning “1984”i, Mario Pyuzoning “Cho‘qintirgan ota”si, Etel Voynichning “So‘na”si, Robindranat Tagoru Sommerset Moem, Yasunari Kavabatayu Erix Mariya Remark va yana boshqa jahondor adiblar asarlari. Shular ro‘yxatida ozarbayjon birodarimiz Yusuf Samado‘g‘lining “Qatl kuni” romani ham borligi quvonarlidir.

Iste'dodli adibning ushbu romani tuzilishi o‘ziga xosligi bilan kitobxonni sahifalariga sehrlab oladi. “Qatl kuni” uch davrni – o‘rta asrlar, 1930-yillar va 1970-yillarni ajoyib usulda bir-biriga bog‘laydi. Betakror romanni o‘qigan kitobxon o‘tmish butunlay yo‘qolib ketmasligini anglab hayratlanadi. O‘tmish bugungi kunda ham, kelajakda ham yashashi esa kishini dahshatga soladi.

Bu asar “agar bir-biringizni qirishni va zo‘ravonlikni to‘xtatmasangiz, naslu nasabingiz qanday qirilib ketishini ko‘rsataman” deb dalil ko‘rsatgan qudratli romandir. XX asrning shundayin kuchli romanini “Ijod-Press” nashriyoti nashr qilib, kitobxonlarga taqdim etdi. Bu asarni albatta o‘qish kerakligini 1999-yilda o‘zbek adabiyotshunoslari va yozuvchilari, jumladan, Ozod Sharafiddinov, Omon Muxtor, Hojiakbar Shayxov, Ibrohim G‘afurov, Naim Karimov, Umarali Normatov, Tohir Malik, Norboy Xudoyberganov, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Aziz Said kabilar va albatta iste'dodli tarjimon Rahmon Qo‘chqor o‘zbek kitobxonlariga yuqoridagi reyting orqali tavsiya etgan edilar. Yillar o‘tdi, asar eskirmadi. U yangi holida “Ijod-Press” nashriyoti nomidan kitob javoningizdan joy olishi mumkin!

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!