Bosh sahifa/KITOBLAR/Ko‘zi ojiz oligarx

Ko‘zi ojiz oligarx

“KO‘ZI OJIZ OLIGARX”

Kitob nomi: “Ko‘zi ojiz oligarx”

Janr: Qissalar

Muallif: Nabijon Hoshimov

Nashriyot: “Ijod-Press”

Bu voqea real hayotda yuz bergan. Ko‘zi ojiz Bahrom aka farzandlari voyaga yeta boshlagan kezlari ularni boqish, o‘qitish, kelgusida uyli-joyli qilish tashvishiga tushib qoladi. Biroq nogiron odamga oson emas edi.

Mahalladagi qarovsiz choyxonani oxirgi pullariga ta'mirlatib, ayollar uchun tikuv sexi, erkaklar uchun yashik ishlab chiqarish sexi ochmoqchi bo‘ladi, ammo cho‘ntagi bardosh bermaydi. Puli tugagan Bahrom aka aro yo‘lda qolib ketadi. Shunday kunlarning birida televizorda imtiyozli kreditlar haqida eshitib, qaynisi Sardorbek bilan bankka boradi. Bank xodimi ko‘zi ojizlar choyxonasi noqonuniy ta'mirlangani, qurilgan qo‘shimcha maydonlarning ham hujjati yo‘qligini aytadi. Choyxona binosini kredit uchun garovga qo‘yish uchun kadastr hujjatlari va albatta Ko‘zi ojizlar tashkilotining qarori ham kerakligini tushuntiradi. Bundan tashqari bino sug‘urtalanishi lozim edi...

Kredit ololmay bankdan xafa qaytayotgan Bahrom akaga Sardorbek o‘z biznesidan joy berishni aytadi, ya'ni Rossiyaga yigirma tonna olma emas, o‘n sakkiz tonna olib ketadi va ikki tonna mahsulot uchun pochchasiga joy qoldiradi.

Bahrom aka uyiga xomush qaytgach, ukasining ikki tonna mayizini qarzga olmoqchi bo‘lib, xotini bilan maslahatlashadi. Baribir yuragiga qil sig‘maydi. Uyi yaqinidagi adirlarga chiqib, ko‘ngil chigilini yozmoqchi bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi kenja qizchasi Yulduz dadasini yetaklab oladi. Qizcha o‘yinqaroqlik bilan sal nariga o‘ynab ketganida, Bahrom aka og‘ir xayollarga tolib adir ustida o‘tiradi. Bunday yashab bo‘lmaydi, ammo nima qilish kerak? Najot yo‘li bormi?

Shu payt uning qo‘li yumaloq narsalarga tegadi. Ushlab ko‘rsa bir tekis dumaloq. Xuddi maxsus uskunadan chiqarilgan sharchalarga o‘xshaydi. Bu nima ekan-a?

Darhol qizchasini chaqirib, so‘raydi. Yulduz kulib, u qo‘ylarning qumalog‘i ekanini aytadi. Biogomus, ya'ni go‘ngdan tayyorlangan maxsus o‘g‘itlar Yevropa va Rossiyada gul yetishtirishda samarali foydalanishi haqida Bahrom aka avval eshitgandi. Qo‘y qumalog‘i esa hech qanday uskuna talab etmaydigan tabiiy biogomus edi...

Ajoyib inson taqdiri haqida o‘qing! Nabijon Hoshimovning “Ko‘zi ojiz oligarx” hajviy qissasida sog‘lar ham bajarolmaydigan yirik biznesga asos solgan “qumaloq baroni”ning qanday qilib Rossiya issiqxonalarini “biogomus” bilan ta'minlab, millioner darajasiga erishganidan boxabar bo‘lasiz! So‘nggi imkoniyat va misli ko‘rilmagan biznes g‘alabasi! Hech qachon umidsizlikka tushmang!

Shuningdek, kitobdan muallifning “Oy bo‘zargan tunda” va “Kepkali kishi” qissalari ham joy olgan.

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!