Bosh sahifa/KITOBLAR/“Baxtiqaro ma'shuqa”

“Baxtiqaro ma'shuqa”

“BAXTIQARO MA’SHUQA”

Kitob nomi: “Baxtiqaro ma'shuqa”

Janr: Qissa

Muallif: Azamat Qorjovov

Nashriyot: “Ijod-Press”

Zarnigor san'atkor bo‘lishni orzu qilardi. Maktab sahnalaridagi turli tadbirlarda qo‘shiqlar kuylab, raqsga tushardi. Biroq qishloq hayoti, qarindosh-urug‘lar, ota-onasining qarshiligi tufayli oddiy qizning orzulari ushalmaydi. Maktab sahnasidagi chiqishlarini o‘quvchi qizning tashkilotchiligi, vaqti kelsa qo‘shiq kuylashni tashlab ketadi deb tushungan oilaviy muhit keyinchalik – qiz maktabni tamomlaganida, o‘z kuchini ko‘rsatadi. Zarnigor tushunadiki, hech qachon xonanda bo‘lolmaydi, san'at oliygohida o‘qiyolmaydi, Toshkentda yashash niyatiga ham erisholmaydi.

Shunday kunlarning birida Zarnigorning sinfdosh dugonasi turmushga uzatiladi. Sinfdosh qizlar orasidan chiqqan birinchi kelinchakning to‘yiga barcha qizlar borishadi. Zarnigor ilk bor to‘yda qo‘shiq kuylaydi. Buning oqibati esa bir umrga tatigulik malomat keltiradi. G‘azablangan otasi birinchi kelgan sovchiga rozilik berib, Zarnigorni egasiga topshirishga qaror qiladi. Kuyov ammasining o‘g‘li Kimsan edi...

Zarnigor tog‘ning ortidagi chekka qishloqqa kelin bo‘ladi. Biroq bu kunlar uning shou-biznesdagi sarguzashtlari boshlanishining debochasi edi. Mashhurlikka erishish, puldorga aylanish, oynai jahonda kuylash, xalqning e'tiborida bo‘lish – bular yosh kelin – Zarnigorning orzulari edi. Bir umr nomi chiqmay o‘tib ketishni istamay, xonanda bo‘lish uchun eri bilan ajrashib, Toshkentga jo‘naydi. O‘zbek shou-biznesi tegrasida esa uni shon-shuhrat emas, kimlarningdir qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lish kutib turardi. Zarnigorning qanday kunlarni boshidan kechirgani haqidagi “Baxtiqaro ma'shuqa” nomli bu kitobni o‘qib, jamiyat ichida shunday muhitlar borki, birgina xato tufayli qiz-juvonlar hayoti ostin-ustun bo‘lib ketishi mumkinligiga guvoh bo‘lasiz.

Qissa ilk bor "Qo‘g‘irchoq" nomi bilan "Sug‘diyona" gazetasida 2010-yilda davomli asar sifatida chop etilgan. 2012-yil "Dizayn-Press" nashriyoti kitob holida nashr etgan. 2018-yilda esa "Ijod-Press" nashriyoti tomonidan "Baxtiqaro ma'shuqa" nomi bilan qayta nashr qilingan.

Kitob asosida 2022-yilda “Qo‘g‘irchoq” nomli teleserial suratga olinib, “Mening yurtim” telekanalida namoyish etilgan.

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!