Bosh sahifa/KITOBLAR/“Askar kundaligi”

“Askar kundaligi”

“ASKAR KUNDALIGI”

Kitob nomi: “Askar kundaligi”

Janr: Qissa

Muallif: Eshqobil Vali

Nashriyot: “Ijod-Press”

Urush nafaqat askarlarning, balki begunoh tinch aholining ham boshiga halokat keltiradi. Urushni hech qachon oqlab bo‘lmaydi. Eshqobil Valining “Askar kundaligi” ham ana shunday falokatli kunlarda yozilgan kundalik haqida hikoya qiladi. Afg‘onistondagi jangu jadalda ishtirok etishga majbur bo‘lgan o‘zbek o‘g‘loni kundalik yurita boshlaydi. O‘qir ekansiz, askarning achinarli kechmishlariga, taqdir o‘yiniga sahifama-sahifa guvoh bo‘lasiz. Bu o‘z insoniy qalbini yo‘qotmagan insonning harbiylik burchi o‘rtasidagi ruhiy iztiroblarini ham aks ettiradi. Kunlarning birida askar soqchilikda turgan edi. Taqiqlangan o‘tish joyida qora sharpa ko‘rinadi. Avtomatini otishga shaylagan askar sharpani ogohlantiradi, ammo hech qanday ovoz va to‘xtash alomatlarini ko‘rmaydi. Nishonni mo‘ljalga oladi va tepkini bosadi. O‘lim o‘qlari sharpa tomon uchadi. Sharpa bir chiziq bo‘lib yiqiladi-yu qimirlamay qoladi. Askar murda sari chopib borib, uning yuzini to‘sib turgan ro‘molni ochadi. U ayol edi, afg‘on ayoli. Nega buyruqqa bo‘ysunmadi? Nima uchun o‘zini muqarrar o‘limga yuzma-yuz qildi? Buning javobi oddiy edi, juda ham oddiy. Jonidan to‘yishmi? Yo‘q. Telbalikmi? Yo‘q... Shu va shunga o‘xshash voqealarni “Askar kundaligi”ni birma-bir varaqlaganingizda bilib olasiz.

“Askar kundaligi” – yozuvchi Eshqobil Valining alg‘ov-dalg‘ovli zamonda urushga qarshi yozilgan milliy qadriyatlar ruhidagi asari. Kitob qahramonlari qismat bitiklaridan aziyat chekkan, ammo o‘zining inson ekanini unutmagan, o‘zligini saqlashga uringan, hayotda g‘olib bo‘layotgandek ko‘rinsa-da, mag‘lub kishilar obrazlaridir.

Shuningdek, kitobda afg‘on urushidan omon qaytmagan askarning hayotidan tashqari boshqa mavzudagi asarlar ham joy olgan. “Raqqos” qissasida olim o‘z shogirdlarining yetmish yil mobaynida dunyodan uzilib yashayotgan g‘oziylar qishlog‘iga olib boradi. U yerda siyosiy tazyiqlardan qochib Oqko‘z tog‘ining odam oyog‘i yetmas joyida yashayotganlarni ko‘rgan shogirdlar o‘zlari uchun hayotiy haqiqatlarni kashf etishadi...

Biz bilan bog‘lanish:
Bizning e-mail:
Bizning manzil:
O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasi, 28-uy
Bosmaxona xizmatlari, nashriyot ishlari, mehmonxona
Sizni kutmoqdamiz!